Bitkoin «hujumga o‘tdi»: undan yana nimalarni kutish mumkin?

  •   DiMaX
  •  521
  •  24.06.2019 12:31

Bitkoin «hujumga o‘tdi»: undan yana nimalarni kutish mumkin?

O‘z mavqeini va ishonchini yo‘qotib qo‘ygan kriptovalyuta bitkoin kursi yana barqarorlasha boshladi. Endi uning narxi daqiqa sayin yuqorilab ketayotir – hozirda bitta tanga 10000 dollardan oshib ketgan!

O‘QING: Bitcoin o‘ziga kelmoqda! Rekord yangilanadimi?!

Aytish kerakki, keyingi bir oy mobaynida bitkoin 22 foizdan oshiqqa qimmatlashdi. Yilning boshidaki ko‘rsatkich bilan solishtirganda esa, farqi naq 142 foizga yetgan! Shunday bo‘lsa-da, bu narx hali 2017 yilgi rekord – 19 ming dollarlik ko‘rsatkichdan ancha past.

Rossiyaning «Ekspert plyus» MChJ tahlilchisi Kirill Starikov fikricha, hozir bitkoin narxi ko‘tarilib borayotganining sababi – muqobil himoya jihozlariga talab mavjud. Ushbu kriptovalyuta kursining oshib borishini u qisqa muddatli bo‘ladi, keyin yana bitkoin narxi 5000–6000 dollarga tushadi, demoqda. Lekin ungacha yana rekord darajaga – 12 ming dollarlik ko‘rsatkichga chiqishi ham mumkin, deydi mutaxassis.

O‘QING: Durov Telegram'ning bloklanishiga sabab bo‘lgan loyiha qachon ishga tushirilishini ma’lum qildi

ERARIUM Group kompaniyasi treyder-tahlilchisi Grigoriy Melkumyan esa yaqin orada bitkoin narxi 10000 dollarga yetishi mumkin, ammo 2017 yildagi rekord yangilanmaydi.

Xalqaro moliya markazi eksperti Gaydar Gasanov ham mazkur kriptovalyuta narxi o‘n ming dollargacha borishi mumkinligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda global iqtisodiy jarayonlarga kriptovalyutalar kengroq joriy etilishi haqida keyingi paytlarda gap-so‘zlar ko‘paygan. Bozor ishtirokchilari ko‘proq shu axborotlar sababli bitkoin sotib olishga tushishgan va natijada uning narxi oshib borayotir.

Xullas, aksariyat mutaxassislar bitkoin narxining keskin ko‘tarilib, keyin yana pasayishini prognoz qilishmoqda, ammo bu jarayonlarning muddatlari ma’lum emas.

O‘QING: Samsung o‘zining shaxsiy kriptovalyutasi - Samsung Coin’ni tayyorlayapti!