Galaxy S10 Lite emas, balki S10 E, tag‘in u muhim funksiyadan mahrum ekan!
Samsung kompaniyasi taqdiotga tayyorlayotgan navbatdagi flagman smartfonlar turkumi uchta modeldan iboratligi aytib kelinadi. Bular – standart Galaxy S10, nisbatan arzon S10 Lite hamda eng ilg‘or Galaxy S10 Plus qurilmalaridir.
O‘QING: Galaxy S10 sifatli «jonli» suratda: yupqa romli, chetlari qayrilma displey «tirqish»idagi kamera!
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, ularning eng «kichigi» bozorga Galaxy S10 Lite emas, balki Galaxy S10 E nomi bilan taqdim etilar ekan. Qizig‘i – avvalroq «sizib chiqqan» xabarlarda standart modelning Galaxy S10 Edge deb atalishi ham ytilgandi.
Bundan tashqari, Galaxy S10 E modelining barmoq izi skaneri ekraniga integratsiya qilinmasligini ham aytishayotir. Agarda chindan ham shunday bo‘lsa, u chindan ham arzon narxlanishini kutish o‘rinli.
Shunday qilib, Galaxy S10 E arzon flagmani diagonaliga 5,8 dyuymlik romsiz ekranga bo‘lib, unda old kamera uchun «tirqish» ochilgan. Ammo kuni kecha uning benchmarkda ko‘rsatgan natijasi...
O‘QING: Galaxy S10 Lite taqdimotdan avval Geekbench’da test topshirdi. Uyat, Samsung, uyat!..