iPhone’ ning 2019 yilgi kameralari nimalarga qodir?!
Uzunquloq gaplarga qaraganda, iPhone’ning 2019 yilgi modellari uch ob’yektli kamera bilan jihozlanar ekan, shuningdek, 3D-suratga olish va uchkarrali optik zum o‘rnatilishi ham mumkin. Tayvanda chiqadigan Economic Daily News gazetasi yaqinda ana shu haqda ma’lum qildi
iPhone’ning uch kamera bilan chiqishi haqida ilk bor o‘tgan yilning noyabr oyida Bloomberg jurnalistlari yozishgan edi. Yangi qurilma Apple’ga Huawei bilan samarali raqobat qilish imkonini berishi kutilyapti.
O‘QING: Apple o‘z saytida foydalanuvchilar haqida ma’lumotlar bo‘limini ishga tushirdi
Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, qo‘shimcha kamera moduli iPhone’ dagi foto va videosuratlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi. Buning evaziga smartfon nafaqat tasvir sifatini buzmagan holda uning hajmini kattartiradi yoki stereoskopik roliklarni yoza oladi, balki shtat funksiyasi yordamida suratni uzoq muddatda saqlaydigan ham qiladi.
Shu bilan birga, soha kashfiyotchisi bo‘lgan Huawei P20 Pro bilan jihozlangan har bir kamera moduli turli formatga ega, Apple ularni 12 Mp darajasida saqlaydi. Kompaniya rasmiy vakilining aytishicha, asosiy e’tibor qurilmaning megapikselini kengaytirish emas, balki dasturiy qismlarining imkoniyatlarini oshirishga qaratilmoqda.