Nokia smartfonlarining Android 9.0 Pie’gacha yangilanish grafigi bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  772
  •  23.01.2019 17:11

Nokia smartfonlarining Android 9.0 Pie’gacha yangilanish grafigi bilan tanishing!

Xabaringiz bor – Google kompaniyasi o‘tgan yilning avgustida o‘z operatsion tizimining Android 9.0 Pie talqini yakuniy jamlanmasini taqdim etgandi. Shu kunning ertasigayoq HMD Global o‘z mijozlari uchun quvonchli bayonot bilan chiqish qilgan.

O‘QING: Barcha Nokia smartfonlari egalari uchun ajoyib syurpriz bor!

Bugun manbalarning ma’lum qilishicha, HMD Global kompaniyasi taqdim etgan barcha rusumlardagi Nokia smartfonlari to‘qqizinchi avlod Android tizimigacha yangilanadi.

Xullasi kalom, ularga Android 9.0 Pie bazasidagi yangi proshivkaning kelish jadvali quyidagicha:

  • Nokia 5 hamda Nokia 3.1 Plus – 2019 yilning yanvar oyida;
  • Nokia 6, Nokia 5.1, Nokia 3.1 va Nokia 2.1 – 2019 yilning 1-choragida;
  • Nokia 3 va Nokia 1 – 2019 yilning ikkinchi choragi boshida.

Ushbu ro‘yxatda Nokia 2 va Nokia 2.1 modellari ko‘rsatilmagan, ammo Nokia 2 smartfoni albatta Android 9.0 Pie talqinigacha yangilanishi hali o‘tgan yilning may oyidayoq tasdiqlangan edi. Undan keyin taqdim etilgan Nokia 2.1 ham yangi talqindagi proshivkani qabul qilishi turgan gap, faqat muddati aniq emas.

O‘QING: Yana bitta arzon Nokia smartfoni tayyor: juft kamera, Android 9 va NFC chipli!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!