Samsung hamyonbop va «beli baquvvat» Galaxy Tab A 8.4 planshetini chiqardi

Galaxy Tab A 8.4 ikkita kamera bilan ta’minlangan – 8 megapiksellik asosiy va 5 megapiksellik old kameralar. Unda SIM-karta uyachasi ham mavjud – 4G standartini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ilk lidarli planshet – iPad Pro 2020 taqdim etildi!

Apple iPad Pro 2020 endi noutbuk vazifasini ham to‘lig‘icha bajara oladi – uning uchun tachpadli maxsus g‘ilof-klaviatura ham taqdim etildi.

Dasturchilar uchun Android 11 taqdim etildi – yangi imkoniyatlar bilan tanishamiz!

Google kompaniyasi sinovchi-dasturchilarga mo‘ljallangan Android 11 Developer Preview 1 apdeytini chiqardi. Uni hozirda ayrim Pixel smartfonlarida va Android Studio emulyatorida sinab ko‘rish mumkin.

Apple mart oyidayoq bitta emas, kamida ikkita mobil gadjet taqdim etadi!

Apple mart oyida bo‘lib o‘tadigan taqdimot tadbirida bu ikkita asosiy devaysdan tashqari yana simsiz quvvatlash adapteri, shuningdek, AirTag nomli geo-brelok va boshqa qurilmalarini ham namoyish etishi mumkin.

Video: Microsoft o‘zining ilk Android-smartfonini ishlatib ko‘rsatdi!

Surface Duo ikkita 5,6 dyuymlik displeyga ega, ular xuddi noutbuk kabi bir-birining yuziga yopiladi. Ochilganida esa u 8,3 dyuymlik ekranli planshetga aylanadi, faqat o‘rtada rom ularni ajratib turadi.

Xiaomi nihoyat Mi 10 va yana ikkita gadjetining taqdimot kunlarini rasman e’lon qildi! (+«jonli» rasmlar)

Qizig‘i shundaki, Xiaomi Mi 10’lar taqdimotidan ikki kun oldin kompaniya Redmi brendi ostidagi yana bitta «kuchli» devaysini ham namoyish etmoqchi – bu Redmi Note 9 yoki Redmi 9A smartfoni bo‘lishi mumkin.

2020-yilning birinchi yarmidayoq Apple chiqaradigan 6 gadjet

Min-Chi Kuo bu yil Apple jami besh xil yangi ayfon, so‘ng «metall sovun» va iPhone SE 2 Plus ham taqdim etishini aytgan. Kuni kecha u Apple yil yarmigacha chiqaradigan gadjetlar bo‘yicha prognozini e’lon qildi.

CES 2020: Dunyodagi ilk haqiqiy buklama planshetni xitoyliklar namoyish etishdi

Lenovo ThinkPad X1 Fold shu yilning ikkinchi yarmidan, 2499 dollar narxida savdoga qo‘yiladi. Uning jamlanmasiga ko‘tarib qo‘yiluvchi taglikli charm g‘ilof, Mini Fold klaviaturasi hamda stilus ham kiradi.

O‘n yillikning eng zo‘r o‘nta gadjeti (Time talqini)

Ushbu reyting gadjetlarning ahamiyati hamda atrofdagi olamga ta’siri darajasiga ko‘ra tuzilgan. Undagi har bir devays bizning hayotimizga, fikrlash tarzimizga u yoki bu darajada ta’sir o‘tkazgan.

Android’ning yana bir «kushanda»sini Facebook tayyorlayapti!

Bunda unga Microsoft’ning sobiq xodimlari ko‘maklashishmoqda. Jumladan, o‘z vaqtida Windows NT tizimini yaratishda ishtirok etgan Mark Lukovskiy (Mark Lucovsky) ham yangi jamoaga kirgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш