Ertaga taqdim etilayotgan Meizu 16s flagmanini Xitoydagidan ham arzon olish mumkin!

23 aprelda taqdim etilgach, Meizu 16s flagmanining 6/128 gigabaytlik talqini o‘z yurtida 3499 yuan, ya’ni taxminan 536 AQSh dollariga teng narxda savdoga chiqishi aytilgan.

Barcha flagmanlarni yengib, AnTuTu’da rekord qo‘ygan Nubia Red Magic 3 ilk «jonli» suratlarda!

Nubia Red Magic 3 modeli AnTuTu sinovida boshqa flagmanlardan ham yuqori ball olgan va bunisi endi chinakam rekord! Uning rasmlari esa Xitoyda o‘tkazilgan kibersport tadbirida olingan.

Redmi Y3 (yoki Redmi S3) mustahkam ham ekan: «superselfifon»ni chelakka irg‘itib, zinadan dumalatishdi! («jonli» video)

Kompaniya Redmi Y3 modelini taqdimotdan avval «superselfifon» deya maqtamoqda. Uning YouTube-kanaliga chiqarilgan drop-test lavhasiga nazar solamiz.

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarda «Leica» so‘zini taqiqladi – bunga o‘ta jiddiy siyosiy sabab bor! (+video)

Germaniyalik kamerasoz Leica o‘zining navbatdagi reklama videolavhasini tarqatgan edi. Lekin harbiy fotojurnalistlarning mashaqqatli mehnati haqidagi bu lavha Xitoy hukumatiga yoqmadi, chunki...

Yanada arzon Galaxy A10e smartfoni ham allaqachon tayyor!

Galaxy A10e eng so‘nggi – Android 9.0 operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. Shuningdek, arzon bo‘lsa-da, u ikki chastotali diapazondagi Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac interfeysiga ega.

AnTuTu’da yangi rekord: ZTE Axon 10 Pro 5G bunga qanday erishdi?

Axon 10 Pro 5G o‘zining eng tezkor smartfon bo‘layotganini namoyish etgan – u hatto kuni kecha mazkur benchmarkda barcha flagmanlarni yenggan yurtdoshidan ham yuqori natija ko‘rsatgan!

Galaxy A40s ham namoyish etildi: 6,4 dyuymlik, «beli baquvvat» smartfon!

Infinity-U displeyi «kemtigi»da 16 megapiksellik, f/2,0 diafragmali selfi-kamera joylashgan. Orqa paneldagi bosh kamera esa 13+5+5 megapiksellik optik sensorlarni va fotochaqnoqni o‘zida birlashtiradi.

2019 yilgi barcha iPhone’larning kameralari «ko‘rinmas» bo‘ladi!

6,1 dyuymlik iPhone 11R modeli esa, original iPhone XR kabi bitta modulli emas, balki qo‘shaloq kameraga ega bo‘lishi mumkin. Ularning ikkalasi ham 12 megapiksellik optik datchiklar bo‘ladi.

Xiaomi periskop kamerali «Rafael» va «da Vinchi» smartfonlarini tayyorlayapti

Bularning ikkalasi ham Snapdragon 855 chipli flagman modellar bo‘lib, selfi-kamerasi korpus ichidan chiqadi. Tasvir aniqligi kamida Full HD+ formatli displeyga daktiloskop ham integratsiya qilinadi.

DxOMark reytingida Galaxy S10 5G kameralari birinchi o‘rinlarni olib, video bo‘yicha rekord o‘rnatdi!

Selfi-kameralar reytingida eng yuqori – 97 ballik natija ko‘rsatgan Galaxy S10 5G videoga olish sifati bo‘yicha rekord qo‘ydi – u videos’yomka bo‘yicha DxOMark reytingida 100 ball ola bilgan yagona smartfondir!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш