Samsung’ning sun’iy idrokli odamsimon roboti deyarli tayyor!

Saram robotlari iste’molchilar uchun ishlab chiqariladigan mahsulot bo‘lmaydi, ularni sanoat sohasida qo‘llashadi. Shuningdek, Samsung ularni sotmaydi, kompaniya bu robotlarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida yaratyapti.

Xiaomi Mi Max 3: simsiz quvvatlash, Snapdragon 660, ko‘z yoyi skaneri va boshqa jihatlari

Android 8.1 bazasidagi MIUI 9’da ishlovchi Mi Max 3 diagonali 7 dyuymlik, 18:9 nisbati Full HD+ displey, Snapdragon 660 protsessori, 5500 mAsoatlik batareya, ikkita SIM-karta va ikkita microSD slotiga ega.

Smartfonlar lazer nuri yordamida simsiz quvvatlanishi mumkin

Oxirgi vaqtlarda tezkor quvvat oladigan akkumuyaltor hamda akkumulyatorlarni tezkor quvvatlash texnologiyalarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bir vaqtlar smartfonlarning "quvvat toshlari"ni bir soatda to‘ldirish fantastika bo‘lib tuyilgan

2D GAME KIT orqali o‘z o‘yinlaringizni yarating, dasturlashni bilish shart emas!

UNITY kompaniyasi 2D dasturlash malakalarisiz o‘yinlar yaratish imkonini beruvchi instrumentni taqdim qildi!

Qualcomm dunyodagi eng tezkor 4G-chipni namoyish etdi (+video)

Snapdragon X24 LTE modemi optik tolali kabelga nisbatan ikki karra yuqori – 2 Gbit/soniya tezligida ishlay oladi.

Snapdragon 845 chipli ilk smartfon sinovda barcha raqiblarini «yer tishlatdi»!

Snapdragon 845 nafaqat o‘zining «ajdod»i Snapdragon 835 chipidan 35 foizga ilgarilab ketdi, balki raqobatchilaridan o‘rtacha 50 foizga tezkorroq ishlashini namoyish etdi.

Olimpiada ochilishida Intel dronlarning sinxron parvozi bo‘yicha rekord o‘rnatdi (+videolar)

Intel ushbu marosimda naq 1218 dona dronni havoga uchirib, qoyilmaqom shou namoyish etdi. Ularning barchasi bitta kompyuterdan boshqarib turildi va sinxron parvoz payti havoda turli shakllar yasashdi.

Xiaomi tayyorlayotgan – skanerli displeyga ega, 256 GB xotirali smartfonni tomosha qilamiz!

Mi MIX 2S daktiloskopik datchikli Full Screen Dislay 3.0 displeyining burchagida kamera uchun «kemtik» ochilgan, u 8 yadroli protsessorga va 8/256 GB xotiraga ega.

Ikkita ekran nimasi!? LG uchta sensor ekranli buklama smartfon patentladi!

Gadjetni «yoyib», uning panellaridagi displeylarni bitta ulkan ekran sifatida birlashtirish mumkin. Shuningdek, ikkita qismini bittasining orqasiga buklab, faqat bitta displeydan foydalansa ham bo‘ladi.

O‘zbekistonning ilk onlayn savdo bozori ishga tushiriladi

Xitoy, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Ozarboyjon, Gruziya, Turkiya, Livan, Afg‘oniston, Eron, Iroq, Pokiston bilan onlayn savdo aloqalari yo‘lga qo‘yiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш