2019 yilning so‘nggi flagmani allaqachon rekord o‘rnatdi – bu Xiaomi yoki Samsung emas!

  •   DiMaX
  •  5200
  •  30.12.2019 17:08

2019 yilning so‘nggi flagmani allaqachon rekord o‘rnatdi – bu Xiaomi yoki Samsung emas!

MediaTek kompaniyasining Dimensity 1000 protsessori bazasidagi ilk 5G-smartfon Reno 3 bo‘lgani haqida xabar bergandik. U bilan birga, 26 dekabr kuni Oppo yana Reno 3 Pro flagmanini ham namoyish qilgan.

O‘QING: 5G tarmog‘i bizga qanday muammolar olib keladi?

Oppo Reno 3 Pro smartfoni yanada kuchli – Qualcomm kompaniyasining 7 nanometrlik Snapdragon 765G protsessori bazasiga qurilgan. Bundan tashqari, u dizayni bilan ham standart versiyadan jiddiy farqlanadi. Oppo Reno 3 modelida tomchisimon kemtikli ekran qo‘llangan bo‘lsa, Reno 3 Pro qurilmasi 32 megapiksellik selfi-kamera uchun tirqishli displeyga ega.

Ushbu flagmanning 4025 mA/soatlik akkumulyatorida ham Oppo’ning tezkor texnologiyasi – VOOC 4.0 qo‘llangan. Reno 3 Pro tezkor va doimiy xotira hajmiga ko‘ra ikki xil konfiguratsiyada – 8/128 gigabaytligi 570 dollardan, 12/256 gigabaytligi esa 645 dollardan taklif etilyapti.

Narxi o‘rtacha bo‘lsa-da, Reno 3 Pro diagonaliga 6,5 dyuymlik AMOLED-ekran bilan ta’minlangan. Chetlari qayrilma displeyning tasvir aniqligi 2400x1080 piksellik, kadrning yangilanish chastotasi esa 90 gersga teng. Barmoq izi skaneri ham ekranning o‘ziga joylangan.

O‘QING: Yangi yilda yangi tezlik!

Oppo Reno 3 Pro bosh kamerasi to‘rttalik bo‘lib, asosiy modul sifatida 48 megapiksellik Sony IMX586 datchigi va F/1,7 diafragmali ob’yektiv qo‘llangan. 13 megapiksellik ikkinchi sensor esa 5 karralik gibrid zumni ta’minlovchi teleob’yektiv bilan ta’minlangan. Qolgan ikkita tasvir datchiklari 8 va 2 megapiksellik aniqlikda bo‘lib, tegishlicha keng formatli (ko‘rish burchagi 115 darajali) suratga olish hamda makros’yomka (fokuslash masofasi 2,5 sm) uchun qo‘llanadi. Reno 3 Pro kamerasida tasvirni barqarorlashtirish tizimi mavjud.

Bulardan tashqari, Oppo Reno 3 Pro ikkita dinamikka ega bo‘lgan kam sonli zamonaviy smartfonlardan biridir. Stereodinamiklardan biri korpus qirrasining yuqori, ikkinchisi esa pastki qirrasiga o‘rnatilgan. Ushbu devays yana Dolby Atmos texnologiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Oppo Reno 3 Pro korpusi o‘lchamlari 159,4x72,4x7,7 millimetrga, vazni esa 171 grammga teng. Kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC chipli ushbu smartfon ColorOS 7 grafik qobig‘i ostidagi Android 10 operatsion tizimi bilan chiqarilgan.

O‘QING: Redmi K30’ning taqdimotda aytilmagan siri fosh bo‘ldi! (+«jonli» video)

Garchi Xiaomi yaqindagina namoyish etgan hamyonbop Redmi K30 5G flagmani Snapdragon 765G platformali dunyodagi ilk smartfon bo‘lsa-da, savdoga hali 7 yanvarda chiqadi. Ushbu protsessor bazasidagi Oppo Reno 3 Pro uchun esa allaqachon oldindan buyurtmalar qabul qilina boshlagan. Bugina emas, Oppo Reno 3 hamda Reno 3 Pro uchun faqatgina Xitoyning o‘zida bir kunda 1,46 million kishi buyurtma rasmiylashtirilgan!

Oldindan qilingan buyurtmalarning 580 000 tasi ommabop JD.com onlayn do‘koni orqali rasmiylashtirilgan. Bundan tashqari, mazkur turkum TMall internet-do‘konida butun yil bo‘yicha oldindan qilingan buyurtmalar bo‘yicha rekord o‘rnatgan.

Aytish kerakki, Oppo Reno 3 uchun oldindan buyurtma qilgan xaridorlar 31 dekabrdan uni qo‘llariga olishadi; Reno 3 Pro esa buyurtmachilarga 10 yanvardan yetkazib beriladi.

O‘QING: «O‘zbektelekom»: 1 yanvardan narxlar 56 ming so‘mgacha pasaymoqda!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!