AliExpress’dan rossiyaliklar eng ko‘p olayotgan oltita noutbuk va eng ommabop beshta brend

  •   DiMaX
  •  1402
  •  29.06.2021 15:31

AliExpress’dan rossiyaliklar eng ko‘p olayotgan oltita noutbuk va eng ommabop beshta brend

Avvalroq «AliExpress Rossiya» vakillari 2021 yilning boshida rossiyaliklar eng ko‘p xarid qilgan smartfonlar ro‘yxatini taqdim etishgan edi. Unga ko‘ra, rossiyaliklar eng ko‘p olayotgan o‘nta smartfonning dastlabki beshtasi bittagina kompaniyaga tegishli ekan! Bundan tashqari...

O‘QING: AliExpress’dagi eng ommabop o‘yin smartfonlari (2021 yil may)

Yaqinda esa «AliExpress Rossiya» mutaxassislari 2021 yilning boshidan to hozirgacha bo‘lgan noutbuklar savdosini tahlil qilib ko‘rishdi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, eng ko‘p sotilgan laptoplar – narxlari 33 ming rubldan 65 ming rublgacha (taxminan 455–900 AQSh dollari orasida) bo‘lgan modellar ekan.

AliExpress onlayn savdo maydonchasidagi rossiyalik sotuvchilardan eng ko‘p olingan laptoplar:

  1. ASUS TUF Gaming FX505DT-HN507T (o‘yinbop noutbuk)
  2. MSI GF63 (o‘yinbop noutbuk)
  3. HP 15s-fq1081ur

O‘QING: Bloger Apple ustidan kulib, mexanik klaviaturali MacBook Pro yaratdi (+video)

Savdo platformasidagi xorij do‘konlaridan rossiyaliklar eng ko‘p xarid qilgan noutbuklar:

  1. Dere R9 PRO
  2. KUU XBOOK 14.1
  3. BSLAY BSLAY DQ-12

Rossiyaliklarni asosan 8–16 gigabaytlik tezkor xotiraga hamda 256–512 gigabaytlik SSD-xotiraga ega modellar qiziqtirgan. Bu yurt aholisi orasida eng ommabop noutbuk brendlari esa ASUS, MSI, HP, Lenovo hamda Huawei ekan.

O‘zbekiston noutbuk bozoriga nazar solishni istasangiz, 3—5 million so‘m oralig‘idagi noutbuklar narxlari hamda 5—10 million so‘m oralig‘idagi noutbuklar narxlari bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Windows 11 o‘rnatish uchun kompyuter yoki noutbukingizga qo‘yiladigan talablar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.