Apple hamma yog‘i faqat displeydan iborat iPhone patentladi!

  •   DiMaX
  •  1560
  •  24.02.2020 14:17

Apple hamma yog‘i faqat displeydan iborat iPhone patentladi!

Xiaomi kompaniyasi bultur namoyish etgan ishqilobiy Mi Mix Alpha smartfonining atrofini displeyi deyarli butunlay qoplagan. Apple ham unga ergashib, korpusining har ikki tomoni displeyli ayfon tayyorlayotgani haqida yozgan edik.

O‘QING: Endi Apple’ning o‘zini o‘g‘irlikda ayblashmoqda!

Kupertinolik korporatsiyaning yangi patent hujjatlari internetga chiqib ketdi. Unda o‘tgan galgisidan ham antiqa – korpusi har tomonlama shishadan ishlangan smartfon tasvirlangan.

Ko‘rinishidan u bir parcha shishaga ham o‘xshab ketadi, lekin aslida bu gadjet bir nechta qismlarning birlashmasi bo‘lishi ham mumkin.

O‘QING: Apple kelasi yil besh xil yangi ayfon, so‘ng esa «metall sovun» va iPhone SE 2 Plus taqdim etadi!

Patent hujjatlaridagi rasmlarga qaraganda, ushbu iPhone’da na biror tugmacha, na biror port ko‘zga tashlanmaydi. Uning korpusi yaxlit ekrandan iborat – ham old va orqa panellarni, ham yon qirralarni shu displey qoplab olgan. Apple bunday qurilma uchun o‘z operatsion tizimining yangicha versiyasini ham tayyorlayapti.

«Asosiy interfeys gadjetning old yuzasiga chiqariladi, lekin shu bilan birga yon qirralar va orqa tomoni ham qo‘llanaishi mumkin. Shuning evaziga foydalanuvchi ekrandagi belgichalarni yonga surib varaqlaganida, ular qo‘shni yuzalarga o‘tib ketadi. Interfeysning o‘zi qurilmaning atrofini halqadek o‘rab olib, yopiq aylana hosil qiladi», – deyiladi patent hujjatlarida.

O‘QING: 2020 yilning birinchi yarmidayoq Apple chiqaradigan 6 gadjet

Smartfonning old va orqa panellari bo‘lmagani uchun, foydalanuvchi uni qaysi tomonidan ushlab turganini gadjet o‘zi aniqlaydi va kerakli yuzaga bosh sahifani chiqaradi.

Biroq mazkur iPhone’ning qachon taqdim etilishi haqida gap-so‘z yo‘q; ehtimol, u amalga oshirilmagan loyiha sifatida, shunchaki patent hujjatlarida qolib ham ketar.

 O‘QING: Apple rasmiy saytida hali taqdim etilmagan, kemtiksiz iPhone «qo‘lga tushdi»!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!