«Bozorni portlatuvchi» 5G-smartfon va uning protsessori taqdimot kuni aytildi

  •   DiMaX
  •  1387
  •  11.11.2019 09:08

«Bozorni portlatuvchi» 5G-smartfon va uning protsessori taqdimot kuni aytildi

Oppo narxi 420 dollardan yuqori bo‘lgan barcha smartfonlarini 5G-modem bilan ta’minlashini e’lon qilgan. Lekin Xiaomi kompaniyasining arzonchi brendi ham beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida mglovchi Redmi K30 rusumli flagmanini tayyorlamoqda.

O‘QING: Redmi K30 hamyonbop flagmani – Xiaomi’ning qo‘sh kamerasi ekranga o‘yilgan ilk 5G-smartfoni!

Redmi brendi rahbari Lu Veybing (Lu Weibing) mazkur flagman bozorda «portlash» qilishini aytgan edi. Uning «elektron yuragi» – o‘rta narxli 5G-smartfonlar uchun tayyorlanayotgan MediaTek MT6885 platformasi bo‘lib, kuni kechagina insayder hali rasman namoyish qilinmagan ushbu protsessorning «jonli» suratini e’lon qilgan:

Endi esa MediaTek MT6885 chipsetining rasmiy taqdimot sanasi ham ma’lum bo‘ldi – uni 26 noyabrda keng jamoatchilikka ko‘rsatishadi.

O‘QING: 5G tarmog‘i sog‘lik uchun shunchalik xavflimi?

Odatda protsessorlarni yakka holida namoyish qilishmaydi – o‘sha platformaga ega ilk smartfon bilan birga taqdim etishadi. Masalan, MediaTek Helio G90T chipseti va unga asoslangan Redmi Note 8 Pro (sotib olish) smartfoni borasida shunday bo‘lgan edi.

MediaTek MT6885 protsessori bazasida ishlovchi birinchi flagman esa Redmi K30 bo‘lishi ma’lum. Shundan kelib chiqsak, 26 noyabr kuni Xiaomi hamda MediaTek kompaniyalari qo‘shma anons o‘tkazishlari ehtimoli yuqori. Darvoqe, Huawei ham pentakamerali Honor V30 flagmanini o‘sha kuni namoyish etmoqchi. Xitoylik smartfonsozlar orasidagi bu raqobat mijozlar foydasiga xizmat qilishi aniq.

Redmi K30 haqida unchalik ko‘p narsa ma’lum emas, narxi 400-450 dollar orasida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Xiaomi kompaniyasining aksariyat smartfonlarini 810 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Xiaomi keyingi yil yana naq 10 modelda 5G-smartfon chiqaradi!