Chetroq tur, 5G! Bu yoqda 6G tayyor bo‘lyapti...

  •   DiMaX
  •  2436
  •  26.10.2019 12:54

Chetroq tur, 5G! Bu yoqda 6G tayyor bo‘lyapti...

Hozirda ko‘pgina mamlakatlarda beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini joriy etish ishlari boshlab yuborilgan, ishlab chiqaruvchilar esa 5G-smartfonlar tayyorlashmoqda. O‘zbekistonda esa Ucell allaqachon mazkur tarmoqni foydalanishga topshirgan bo‘lsa, UZMOBILE sinov tariqasida ishga tushirgan.

O‘QING: Infografika: 3G, 4G va 5G’larning o‘zaro farqlarini bilib olamiz!

Lekin hali 5G to‘liq ishga tushirilmay turib, yetakchi kompaniyalar allaqachon oltinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i texnologiyalari ustida ishlashmoqda. Jumladan, dastlab LG kompaniyasi 6G-internet yaratishga kirishgani, keyinroq esa Huawei ham 6G bo‘yicha tadqiqotlarini boshlagani haqida yozganmiz.

Bu orada Xitoyning yana bir dadil kompaniyasi – Vivo ham qarab turgani yo‘q: u Yevropa ittifoqining Intellektual mulk tashkilotiga 6G tarmog‘i bilan bog‘liq patent uchun ariza topshirdi. To‘g‘ri, unda oltinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i ishlashining texnik jihatlari tavsifi yo‘q. Patent arizasi faqat 6G texnologiyasining logotipini tasdiqlatish uchungina berilgan, xolos.

6G tarmog‘i hali 2030 yilda ishga tushirilishi kutilayotgan esa-da, Vivo yangi standart uchun o‘zining ushbu logotipi joriy etilishidan umidvor.

O‘QING: 6G insoniyatga nima beradi? Kelajak tarmog‘ini yaratish boshlab yuborilgan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!