DxOMark: Bu hamyonbop smartfon kamera bobida Nokia 9 PureView flagmaniga teng!

  •   DiMaX
  •  1417
  •  11.01.2020 13:29

DxOMark: Bu hamyonbop smartfon kamera bobida Nokia 9 PureView flagmaniga teng!

HMD Global kompaniyasining 48 megapiksellik bosh kameraga ega ilk telefoni Nokia 7.2 bo‘lib, u IFA 2019 ko‘rgazmasida taqdim etilgan beshta eng yaxshi smartfon reytingiga kirgan. 2019 yildagi o‘nta arzon va aktual smartfonning avtonomlik sinovida ham u o‘zini ko‘rsatgan.

O‘QING: Atigi 59 dollarga Android Go tizimli Nokia C1 chiqdi! (+video)

Endi esa DxOMark professional baholash servisi Nokia 7.2 modelining bosh kamerasi imkoniyatlarini tekshirib ko‘rdi. Buni qarangki, o‘rta narxli ushbu qurilma kutilmaganda mazkur brendning Nokia 9 PureView flagmani bilan teng ball oldi!

DxOMark reytingida ularning ikkalasi ham 85 ballga baholangan. To‘g‘ri, bu natija aslida Nokia 7.2 kamerasi zo‘r ekani emas, balki ko‘proq Nokia 9 PureView yaxshi chiqmagani bilan bog‘liq.

O‘QING: Nokia 9 PureView'ning besh kamerali moduli DxOMark'da hammaning hafsalasini pir qildi

Nokia 7.2 foto suratga olish bo‘yicha 90 ball, videos’yomka borasida esa – 75 ball olgan. Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, Nokia 9 PureView bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha tegishlicha 88 va 80 ballga baholangan edi.

DxOMark mutaxassislari hamyonbop smartfonning suratga olishdagi aniq ekspozitsiyasini va turli sharoitlarda «yoqimli» ranglarni chiqarib bera olishini, shuningdek, keng dinamik diapazonini maqtashgan. Kamchiliklaridan esa avtofokus adashib ketishini, suratning har xil qismlarida aniqlik yetishmasligini aytishgan. Video olishda esa uning barqarorlashtirish tizimi yaxshi, ammo yana avtofokus pand beryapti – birmuncha sekin ishlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, agar Nokia 7.2 modelida avtofokusirovka tizimi yaxshi ishlaganida edi, u Nokia 9 PureView flagmanini ham ortda qoldirardi.

Avvalroq DxOMark servisi 2019 yilning eng zo‘r kamerofonlari hamda selfifonlarini e’lon qilgandi.

O‘QING: DxOMark taxtidan Mate 30 Pro va Mi CC9 Pro’ni ag‘dargan yangi qirol! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!