Eng ko‘p qaysi smartfonlarning qalbakilari chiqyapti? (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

  •   DiMaX
  •  1942
  •  16.03.2021 10:01

Eng ko‘p qaysi smartfonlarning qalbakilari chiqyapti? (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Yaqinda AnTuTu servisining xitoylik foydalanuvchilarning fevral oyida benchmarkda o‘tkazgan testlari asosida eng kuchli flagmanlar ro‘yxatini va eng zo‘r hamyonbop smartfonlar reytingini chiqargan edik. Shuningdek, benchmark butun dunyodagi smartfonlar egalarining testlari natijalarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari asosida flagmanlarning global reytingni hamda jahon bozoridagi o‘rta narxli eng zo‘r o‘nta smartfon ro‘yxatini ham e’lon qilgan. Bulardan tashqari...

O‘QING: AnTuTu reytingi: O‘z egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (2021 yil fevral)

Endi esa benchmark jamoasi so‘nggi bir yilda, ya’ni 2020 yilning mart oyidan to 2021 yil fevralining oxirigacha aniqlangan soxta smartfonlar haqida ham hisobot berdi. Ushbu davr mobaynida AnTuTu jamoasi jami 572 303 ta holatda qalbaki qurilmaga duch kelgan, bu esa benchmarkdagi umumiy sinab ko‘rishlarning 4,24 foizini tashkil etadi.

Qalbaki smartfonlarning eng ko‘pi – naq 34 foizi Samsung mahsuloti, deya taqdim etilgan. Ikkinchi o‘rinda esa 13 foizlik ulush bilan Apple turibdi. Soxta telefonlarning 8 foizi esa Huawei gadjeti sifatida bozorga kiritilgan.

O‘QING: Atigi 6 dollarlik telefonlardan «Huawei smartfonlari» yasab, 25 dollardan sotgan jinoiy guruh ushlandi

To‘rtinchi o‘rinda Xiaomi turibdi – qo‘lbola smartfonlarning yetti foizini shu kompaniya nomidan sotishgan. Undan keyingi pog‘onalarda Honor, Oppo, Gionee, Vivo, Asus va boshqalari turibdi.

Ma’lum qilinishicha, eng katta muammo – aslida beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llamaydigan qurilmalarning 5G-smartfon, deb sotilishi ekan. Aksariyat hollarda bunday telefonlar MeidiaTek Helio P23, MT6735, MT6737 va boshqa arzon protsessorlar bazasida ishlaydi. Ular faqat gadjet yoqilayotganida 5G logotipini ekranga chiqaradi, aslida esa bu texnologiyadan mahrum.

Darvoqe, biz Android-smartfon originalligini aniqlashning eng sodda va ishonchli usulini e’lon qilganmiz.

O‘QING: AnTuTu reytingi: O‘z egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (2021 yil fevral)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!