Eng kuchli flagmanlar va o‘rta narxli eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil fevral)

  •   DiMaX
  •  2494
  •  10.03.2020 13:08

Eng kuchli flagmanlar va o‘rta narxli eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil fevral)

Yaqinda xitoylik foydalanuvchilarning AnTuTu benchmarkidagi tekshiruvlariga ko‘ra fevral oyining eng qudratli o‘nta smartfoni ro‘yxatini e’lon qilgandik. Master Lu taqdim etgan o‘n to‘rttalik reyting esa undan jiddiy farq qiladi. Bundan tashqari...

O‘QING: O‘z egalarini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil fevral)

AnTuTu dasturchilari endi premial segmentdagi hamda o‘rta narx toifasidagi eng kuchli smartyonlarning global reytingini e’lon qilishdi. Unda dunyo bo‘yicha bevosita foydalanuvchilarning o‘zlari ming martadan oshiq tekshirib ko‘rgan smartfonlarning natijalari ko‘rsatilgan.

Yangi ro‘yxatga ko‘ra, 12/512 gigabaytlik tezkor/ichki xotirali Asus ROG Phone II geymerofoni eng yuqori natija ko‘rsatgan. Aytib o‘tish o‘rinliki, Snapdragon 855 Plus protsessorli ushbu flagman mazkur reytingda ketma-ket beshinchi marta liderlik qilyapti.

Qolgan o‘rinlardagi eng samarador smartfonlarni quyidagi ro‘yxatda ko‘ring:

Aytish kerakki, Samsung Galaxy S20, Xiaomi Mi 10 turkumlaridagi va boshqa flagmanlar ushbu reytingga qo‘shilmagan. Sababi oddiy – ularni hali foydalanuvchilar yetarlicha miqdorda AnTuTu orqali tekshirib ko‘rishmagan. Buning ustiga kuni kecha...

O‘QING: Barchamizga kerakli benchmarkni Google Play’dan o‘chirib yuborishdi!

O‘rta narx toifasidagi smartfonlarning eng zo‘ri esa MediaTek Helio G90T protsessorli Redmi Note 8 Pro modeliga teng keladigani topilmagan. Uning ortidan Snapdragon 730G chipsetli Samsung Galaxy A71 kelayotgan bo‘lsa, kuchli o‘nlikning qolgan vakillarini quyida ko‘rib olish mumkin:

Aytish kerakki, keyingi oyda bu kabi reytinglarda katta o‘zgarishlar bo‘lishi turgan gap. Zero, keyingi paytlarda bir qancha smartfonsozlar o‘zlarining yangi modellarini taqdim etishmoqda. Masalan...

O‘QING: AnTuTu’da «Sayyoraning eng qudratli smartfoni»ni ham «yer tishlatgan» yangi qirol!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!