Eng qimmat ayfon ham DxOMark reytingida Apple’ni sharmanda qildi

  •   DiMaX
  •  2702
  •  28.01.2020 09:46

Eng qimmat ayfon ham DxOMark reytingida Apple’ni sharmanda qildi

DxOMark laboratoriyasi raqamli qurilmalar kameralarini, shuningdek, yaqindan beri – ovoz yangratish imkoniyatlarini ham professional baholab kelmoqda. Avvalroq mazkur servis 2019 yilning eng zo‘r kamerofonlari hamda selfifonlarini, shuningdek, kamerasi eng kuchli o‘yin smartfonini e’lon qilgan edi.

O‘QING: DxOMark: Bu hamyonbop smartfon kamera bobida Nokia 9 PureView flagmaniga teng!

DxOMark mutaxassislari Apple’ning eng so‘nggi, eng ilg‘or va eng qimmat smartfoni – iPhone 11 Pro Max flagmanining old kamerasini ham testdan o‘tkazib ko‘rishdi. Buni qarangki, kutilmaganda u 91 ballik natija bilan tegishli reytingda atigi o‘ninchi o‘rinni egalladi!

Ko‘rib turganingizdek, iPhone 11 Pro Max selfi-kamerasi bo‘yicha hattoki 2018 yili chiqqan Samsung Galaxy Note 9 hamda Google Pixel 3 smartfonlaridan ham pastda!

O‘QING: iPhone 11’larning taqdimotda Apple aytmagan beshta kamchiligi

DxOMark bergan ma’lumotga ko‘ra, iPhone 11 Pro Max old kamerasi foto suratga olishda 93 ball, videoga tushirish bo‘yicha esa 90 ball olgan. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, uning selfi-kamerasi iPhone XS Max’nikidan yaxshiroq.

Ta’kidlash o‘rinliki, iPhone 11 Pro Max modeli selfi-kameralar testlari bo‘yicha tuzilgan DxOMark reytingida kuchli o‘ntalikka kirgan yagona Apple smartfonidir. Shunday ekan, kupertinoliklarning bu borada maqtanishlariga hali erta.

O‘QING: Xiaomi Mi 10 DxOMark reytingida birinchi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!