Galaxy Note 20 va Galaxy Note 20 Ultra taqdim etildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  13729
  •  06.08.2020 11:35

Galaxy Note 20 va Galaxy Note 20 Ultra taqdim etildi! (+video)

Samsung kompaniyasi 5 avgust kuni Galaxy Unpacked tadbirini onlayn rejimda o‘tkazdi. Uning eng kutilgan qahramonlari Galaxy Note 20 hamda Galaxy Note 20 Ultra smartfonlari bo‘ldi.

O‘QING: Eng zo‘r hamyonbop – Galaxy M51 smartfoni FCC bazasida «qo‘lga tushdi»

Juftlikning «kichkina»si – bazaviy Galaxy Note 20 modeli 6,7 dyuymlik Super AMOLED Plus displeyga ega. Uning tasvir aniqligi FHD+ formatida (2400x1080 piksellik) bo‘lib, HDR10+ videotexnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. «Katta» versiyasidan farqli ravishda, standart fabletning ekrani tekis, ya’ni chetlari qayrilmagan.

Ekranning yuqori qismi o‘rtasida 10 megapiksellik old kamera uchun tirqish ochilgan. Ultratovushli barmoq izi skaneri ham displeyga integratsiya qilingan.

To‘rtburchak blokda joylashgan Galaxy Note 20 bosh kamerasi uch modulli, lekin u Ultra-versiyadagi kabi 108 megapiksellik datchikka va 5 karralik optik zumga ega emas. Undagi asosiy – 64 megapiksellik telefoto moduli f/2.0 diafragmali ob’yektiv bilan taqdim etilgan va 3 karralik optik zum hamda optik barqarorlashtirish tizimiga ega. Ikkinchi – 12 MPlik keng burchakli kamera (f/1,8) ham optik stabilizatsiya bilan ta’minlangan. Uchinchi sensorning ham aniqligi 12 megapiksellik bo‘lib, 120 darajali o‘ta keng burchakli ob’yektiv (f/2,2) bilan birikkan. Smartfon bosh kamerasi 30 karralik zum va soniyasiga 24 kadrlik aniqlikda 8K-video suratga ola biladi. Lekin tezkor lazerli avtofokus faqat «katta» modelda mavjud.

Galaxy Note 20 qaysi hududda sotilishiga qarab, Exynos 990 yoki Snapdragon 865+ protsessori bazasida ishlab chiqariladi. Fabletning LPDDR5 standartidagi tezkor xotira chipi 8 gigbaytlik hajmga ega. Doimiy xotira varintlari ikkita – 128 hamda 256 gigbaytlik, lekin xotira kartasi sloti yo‘q.

Bu smartfon NFC chipi bilan ta’minlangan, korpusi IP68 standartiga ko‘ra himoyalangan. AKG tomonidan taqdim etilgan stereodinamiklari esa Dolby Atmos texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Planshetofonning 4300 mA/soatlik akkumulyator simli va simsiz usulda tezkor qavvatlana oladi. Shuningdek, unda simsiz reversiv zaryadlash funksiyasi bor – mazkur texnologiyani qo‘llab-quvvatlovchi boshqa devayslarni simsiz zaryadlay oladi.

Galaxy Note 20 smartfonining korpusi 161.6x75.2x8.3 millimetrlik bo‘lib, vazni 194 grammga teng.

Galaxy Note 20 Ultra modelining esa korpus o‘lchmlari 164.8x77.2x8.1 millimetr keladi, vazni esa 208 gramm tosh bosadi. Samsung unda o‘zgacha – Dynamic AMOLED 2X displey qo‘llagan. Chetlari qayrilma ekranning o‘lchami diagonaliga 6,9 dyuymga teng, tasvir aniqligi – 3088x1440 piksellik. Uning displeyi HDR10+ formatini qo‘llashdan tashqri, 120 gerslik yangilanish chstotasiga ham ega. Barmoq izi skaneri va old kamera ham xuddi «kichik» sherigidagi kabi.

Lekin Ultra-versiyaning bosh kamerasi farqli: 108 megapiksellik asosiy datchik (f/1.8) optik barqarorlashtirishga ega. O‘t keng burchakli (120 darajali) ikkinchi sensor megpiksellik aniqlikda. Uchinchi telefoto moduli ham 12 MPlik aniqlikda va f/3.0 diafragmalidir. Bosh kamera lazerli avtofokusga, 50 karralik zum va 5 karralik optik zumga ega; u ham 24 kadr/soniya chastotasida 8K-video olishga qodir.

Protsessor o‘sha-o‘sha: sotiladigan bozoriga qarab Exynos 990 yoki Snapdragon 865+ chipsetlari, lekin xotirasi standart modeldagidan kattaroq. Galaxy Note 20 Ultra flagmanida 8 yoki 12 gigabaytlik LPDDR5 toifli tezkor xotira hamda 128/256/512 gigabaytlik ichki xotira qo‘llangan. Tag‘in, unda naq 1 terabaytgacha hajmli MicroSD-karta uchun slot ham mavjud.

Fabletning avtonomligi uchun 4500 mA/soatlik batareya mas’ul, u ham simli va simsiz tezkor quvvatlashni, shuningdek, simsiz teskari zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonda NFC chipi hamda Dolby Atmos texnologiyali AKG stereodinamiklari qo‘llangan; korpusi IP68 standartiga ko‘ra himoyalangan.

Yangilangan S Pen stilusi yanada tezkor ishlaydigan bo‘lgan: unda ushlanib qolish muddati Galaxy Note 20 modelida 26 millisoniya, Galaxy Note 20 Ultra modelida esa 9 millisoniyagacha qisqartirilgan. Stilusga reaksiya berish vaqti standart fabletda 40 foizga, Ultra-versiyada esa 80 foizga qisqartirilgan. Unda beshta ishora mavjud: Orqaga, Uyga, So‘nggi ilovalar, Smart Select va Ekrandan yozib olish. Stilus yordamida bevosita PDF-fayllarda, rasmlar va matnlarda qo‘lyozma qaydlar qilish imkoni qo‘shilgan.

Yangi planshetofonlarda «Windows bilan aloqa» funksiyasi kengaytirilgan. U smartfondagi ilovalarga bevosita kompyuterdan kirish imkonini beradi. Shu yilning o‘zida mazkur funksiya orqali kompyuterda bir vqtning o‘zida bir nechta ilovani ishga tushirish opsiyasi ham qo‘shiladi.

Galaxy Note 20 turkumida smartfondagi kontentni televizorda translyasiya qilish va bir vaqtning o‘zida boshqa ilovalar bilan ishlash imkonini beruvchi Samsung DeX rejimi yaxshilangan. Shuningdek, bunda flagmanni tachpad sifatida qo‘llash va barmoq ishoralari bilan boshqarish mumkin: yuqoriga silash (yaqinda ochilgan ilovalar), pastga (uy ekrani), chapga va o‘ngga (ochiq turgan ilovalarning biridan boshqasiga o‘tish).

Yangi smartfonlar uchun bugun – 6 avgust kuni oldindan buyurtma ochilgan, ochiq savdolar esa 21 vgustdan boshlandi. Galaxy Note 20 modelining narxi 1000 dollardan, Galaxy Note 20 Ultra esa 1300 dollardan boshlanadi. Bulardan birinchisi Mystic Bronze, Mystic Black va Mystic White rangli, ikkinchisi esa Mystic Bronze, Mystic Grey, Mystic Green rangli korpuslarda chiqyapti.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (31-hafta)