Google Play’dan naq 16 ta o‘yinni bepul olishga ulguring! (tayyor havolalar)
Turli o‘yin studiyalari koronavirus pandemiyasi davrida o‘z mahsulotlarini bepul tarqatishmoqda. Epic Games esa Metacritic agregatoriga ko‘ra oxirgi o‘n yillikning eng yaxshi o‘yinlarining ikkita reytingga ham kirgan Grand Theft Auto 5’ni tekinga beryapti!
Google Play esa mobil geymerlarni quvontirishga qaror qildi – Android platformasidagi ayrim pulli o‘yinlarni vaqtincha bepul tarqatyapti. Quyida biz ularning ro‘yxatini keltiryapmiz, har birining nomiga o‘rnatilgan havola orqali uning sahifasiga o‘tib, yuklab olishingiz mumkin:
- MARK'S LIFE
- New Math Puzzles for Geniuses 2020
- The House: Action-horror
- Lootbox RPG
- Memory Game - Official
- Stone Of Souls HD
- Boxes Drop - Tower block
- Brumpfus Hopeless Chase
- Hills Legend: Action-horror
- Lose Weight Story - Premium
- Epic Animal - Move to Box Puzzle
- Hero Knights (idle RPG)
- Legend of the cartoon
- SUPER Happy Style
- 2048 - Puzzle Game
- One Line Deluxe VIP - one touch drawing puzzle
Aytish kerakki, yuqoridagi ro‘yxatning boshidagi ikkita o‘yinning bepul tarqatilishi bugun – 15 may kuni, uchinchisiniki esa ertaga tugaydi. Qolganlarining ham bepullik muddati cheklangan, shu boisdan tezroq yuklab olishga shoshiling va bu xabarni do‘stlaringizga ham ulashing!
O‘QING: Eng ommabop o‘yin Google Play’ga ham chiqdi – endi bemalol olib o‘ynang! (+video)