Hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi 10 Lite Zoom: arzon 5G-smartfonda olingan suratlar hayratga soladi!

  •   DiMaX
  •  1621
  •  28.04.2020 11:50

Hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi 10 Lite Zoom: arzon 5G-smartfonda olingan suratlar hayratga soladi!

Xiaomi kecha – 27 aprel kuni Mi 10 Youth Edition smartfonini namoyish qildi va u kutilganidan ham arzon bo‘lib chiqdi. Shunga qaramasdan, kamerasi zum imkoniyatlariga ko‘ra u ko‘plab flagmanlar bilan bellasha oladi.

O‘QING: 50 karra zumli eng arzon smartfonda 20 km.dan rasmga olib ko‘rsatishdi! («jonli» video + to‘liq narxlari)

Taqdimotdan so‘ng, Xiaomi Mi 10 Youth Edition smartfonini test uchun olgan jurnalist va blogerlar uning kamerasi orqali tushirilgan suratlarni e’lon qila boshlashdi.

Quyidagi jamlanmada kamerofonning keng burchakli kamerasida (0.6X), asosiy kamera modulida (1X), 5 karralik optik zum bilan hamda 50 karralik raqamli zum bilan olingan suratlarni ko‘ramiz:

Tabiiyki, texnik imkoniyatlarga ko‘ra, bu yerda rasmlar kichraytirib qo‘yilgan; ularni bor bo‘yi bilan – to‘liq sifatda ko‘rish uchun mana bu havola orqali Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) tvitteriga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Siz kutgan funksiya qaysi Android-smartfonlarga qaytyapti – Google aniqlik kiritdi

Shu bilan birga, yuqoridagi va boshqa suratlarga tushirilgan «suvli belgi»lar tasodifan yana bitta – Xiaomi Mi 10 Lite Zoom smartfonini ham fosh etib qo‘ydi. Aniqrog‘i – bu alohida yangi model bo‘lmasdan, o‘sha Xiaomi Mi 10 Youth Edition’ning global versiyasidir.

Global versiyadagi Xiaomi Mi 10 Lite Zoom qachon taqdim etilib, sotuvga chiqishi hozircha noma’lum. Xiaomi Mi 10 Youth Edition savdosi esa Xitoyning o‘zida 30 apreldan boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, kompaniya uning namoyishi tadbirida MIUI 12 grafik qobig‘ini ham taqdim etgan.

O‘QING: Xiaomi rasman MIUI 12 beta-testini va unga yangilanuvchi smartfonlarni e’lon qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.