iPhone 12 Pro Max xususiyatlari va kuchini AnTuTu fosh etdi: uyat, Apple, uyat!..

  •   DiMaX
  •  3626
  •  18.09.2020 10:55

iPhone 12 Pro Max xususiyatlari va kuchini AnTuTu fosh etdi: uyat, Apple, uyat!..

Apple kompaniyasi 15 sentyabrdagi onlayn marosimida Apple Watch Series 6 smart-soatini namoyish qilgani, shuningdek, yoshlarbop va arzon Apple Watch SE modelini ham keng jamoatchilikka ko‘rsatgani haqida yozgandik. Bundan tashqari, mazkur tadbirda iPad 8 plansheti ham taqdim etildi, lekin fanatlar kutayotgan iPhone 12 turkumidagi smartfonlar keyinga qoldirildi.

O‘QING: Apple’dan ham avval «xitoycha iPhone 12 Pro»ni taqdim etishyapti!

Garchi o‘n ikkinchi avlod ayfonlarning namoyish sanasi hali aniq bo‘lmasa-da, ularning ayrim xususiyatlari allaqachon ma’lum. Jumladan, mazkur turkumning eng «katta»si – iPhone 12 Pro Max modelini kuni kecha ilk bor AnTuTu servisida tekshirib ko‘rishgan.

Benchmark ma’lumotlar bazasida qolgan axborotlarga ko‘ra, ushbu iPhone 12 Pro Max yangi avlod – A14 Bionic protsessoriga hamda 6/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega. Qizig‘i – uning operatsion tizimi sifatida shunchaki iOS 14 emas, balki hali e’lon qilinmagan iOS 14.1 talqini ko‘rsatilgan.

O‘QING: Jahondagi eng kuchli o‘nta flagman (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

iPhone 12 Pro Max smartfoni kompaniyaning eng kuchli protsessoriga asoslangan bo‘lsa-da, AnTuTu testida u negadir 572 333 ball to‘plagan, xolos. Ya’ni, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi iPhone 11 Pro Max modelining ayni shu benchmarkdagi sinovi natijasi – 530 ming balldan atigi taxminan 8 foizga ortiq.

Quyidagi diagrammada esa ushbu ikki – bulturgi va bu yil chiqayotgan eng kuchli ayfonlarning samaradorligi batafsil ko‘rsatilgan:

Ko‘ryapmizki, iPhone 12 Pro Max protsessoridagi asosiy yadrolar – CPU samaradorligi bo‘yicha iPhone 11 Pro Max modelidan taxminan 16 foizga ustun. Lekin grafik chip – GPU tezkorligiga ko‘ra yangi flagman bor-yo‘g‘i 3,5 foizga yuqori, xolos.

Apple yangi avlod ayfonlarining taqdimot sanasini hali ma’lum qilmagan, lekin ayrim insayderlar bu haqda ma’lumotlar berishgan.

O‘QING: Endi bor-yo‘g‘i 350 dollarga yap-yangi iPhone olish mumkin bo‘ladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!