iPhone 12 tutayotgan bo‘lsangiz ham, baribir iPhone 13 olish uchun 5 sabab

  •   DiMaX
  •  1595
  •  14.08.2021 11:56

iPhone 12 tutayotgan bo‘lsangiz ham, baribir iPhone 13 olish uchun 5 sabab

Apple’ning o‘n uchinchi avlod smartfonlari turkumiga to‘rtta – iPhone 13 mini, iPhone 13, iPhone 13 Pro hamda iPhone 13 Pro Max modellari kirishi aytilmoqda. Mazkur ayfonlarning reliz sanasi va bozorga chiqish kunlari ham ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: Musulmonlar va nasroniylar uchun olti yarim ming dollarlik iPhone 13 Pro’lar taqdim etildi

Xo‘sh, o‘zi har yilgi yangi iPhone oldingi yildagi avlodidan ozgina farqlanadigan bo‘lsa, falon pul sarflab iPhone 13 turkumidan yangi smartfon olish o‘zini oqlaydimi? Mutaxassislarning fikricha – oqlaydi va buning asosiy sabablari quyidagilardir:

  1. Yangilanish chastotasi 120 gerslik zo‘r displey

Xabarlarga ko‘ra, bazaviy iPhone 13 bo‘lmasa-da, uning ilg‘or versiyalarida yangi avlod LTPO-ekranlar qo‘llanadi. Mazkur turdagi displey kadr yangilanishning 0 dan to 120 gersgacha adaptiv (moslashuvchan) chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa akkumulyator quvvatini tejashdan tashqari, videolar ravonligini ta’minlaydi; ayniqsa, mobil o‘yinlarda bu juda asqotadi.

  1. Yangi dizayn: ayfoningiz aynan 13-avlodga mansubligi yaqqol ko‘rinib turadi

Yuqoridagi birinchm sabab standart iPhone 13 modeliga tegishli bo‘lmasa, ikkinchi sabab aynan shu bazaviy modelga to‘g‘ri keladi. Chunki uning dizayni bulturgi iPhone 12 telefonidan yaqqol farqlanib turadi – bosh kamera modullari diagonal shaklda joylashgan. Shu paytgacha ayfonlarda bunaqa yechim qo‘llanmagan edi.

O‘QING: Samsung yana Apple’ni kalaka qildi: iPhone 12 Pro Max kamerasiga zarba! (ikkita video)

  1. Batareyasi kattaroq, avtonomligi uzoqroq

O‘n uchinchi avlod ayfonlardagi asosiy jihat takomillashgan kameralar ham, 120 gerslik displey ham, hattoki magnit kontaktli quvvatlash texnologiyasi ham emas. iPhone 13’larning aynan foydalanuvchilar uchun eng muhim tomoni – avtonom ishlash vaqtining oshirilganidir.

Mazkur turkumdagi har bir smartfonning akkumulyatori qancha tok sig‘imiga ega ekanligi ma’lum bo‘lgan – ular umuman ayfonlar tarixida rekord ko‘rsatkichga ega. Shu bilan birga, iPhone 13 turkumida qo‘llanayotgan A15 Bionic protsessorining quvvat tejamkorligi ham ayfonlarning avtonomligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Mazkur chipset akkumulyator quvvatini oldingi avlod – A14 protsessoriga nisbatan 15-20 foizga kam sarflaydi.

O‘QING: DxOMark reytingida arzon Redmi smartfoni kuchli beshlikka kirdi!

  1. Surat va videoga yanada zo‘r oladi

iPhone 13 turkumida kamera datchiklari kattalashmoqda, bu degani – ular yorug‘likni yanada ko‘proq qamrab oladi. Natijada esa kunduzi ham, tunda ham rasmga tushirish va videoga olish surati yanada yuqori bo‘ladi.

  1. Reversiv quvvatlash

Garchi aksariyat smartfonsozlar hatto hamyonbop smartfonlariga ham reversiv zaryadlash (smartfonning boshqa gadjetlarga xuddi poverbank kabi quvvat uzatishi) texnologiyasini tatbiq etayotgan bo‘lsalar-da, Apple negadir bunga shoshilmayapti. Ammo bu yilgi iPhone 13 turkumi vakillarina ushbu funksiya tatbiq etilishini aytishmoqda – bu esa eng yangi ayfonlardan birini olish uchun zo‘r sabab!

O‘QING: Zamonaviy smartfonlarning eng keraksiz funksiyalari aytildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!