iPhone’dagi qaysi ilovalar shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘g‘irlamoqda?
Apple kompaniyasi o‘z mobil qurilmalarining texnik mustahkamligidan tashqari, foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini ham yaxshi himoyalaydi. Shunga qaramasdan, baribir iOS tizimidagi ayrim ilovalar josuslik qilar ekan.
O‘QING: iPhone’ingiz kamerasi va mikrofoni orqali qaysi ilovalar sizni kuzatayotganini bilasizmi?
Xavfsizlik sohasidagi GuardianApp kompaniyasi mutaxassislarining ta’kidlashlaricha, o‘nlab iPhone ilovalari smartfon foydalanuvchisining joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni boshqa kompaniyalarga jo‘natib turadi.
Jumladan, quyidagi ro‘yxatda keltirilgan dasturlar Bluetooth LE Beacon ma’lumotlarini, GPS koordinatlari hamda Wi-Fi SSID nomlarini «kerakli joyga» uzatib kelmoqda:
- Code Scanner
- Coupon Sherpa
- ASKfm
- GasBuddy
- com
- Moco
- Mobiletag
- Photobucket
- Tapatalk
- YouMail
- Weather Live
- Tunity
- The Coupons App
- SnipSnap Coupon
- S25K 5K trainer
Mazkur ilovalar to‘g‘ri ishlashi uchun ularga joylashuv o‘rni haqidagi ma’lumotlarni olishga ruxsat berish kerak bo‘ladi. Ammo bu ma’lumotlarni ular boshqa joyga jo‘natishi haqida lom-mim deyilmagan.