iPhone XS Max endi «displeylar qiroli» emas. Uni taxtdan kim ag‘dardi?

  •   DiMaX
  •  1757
  •  10.10.2018 17:08

iPhone XS Max endi «displeylar qiroli» emas. Uni taxtdan kim ag‘dardi?

Qurilmalarning displeylarini professional baholovchi DisplayMate kompaniyasi yaqindagina ekrani eng zo‘r ekranli smartfon, deya iPhone XS Max’ni e’tirof etgandi. Ammo «olmali» flagman taxtda ko‘p o‘tira olgani yo‘q – boshqa smartfonsozning mahsuloti uning o‘rnini tortib oldi.

O‘QING: iPhone XS Max yana bir jihatdan rekord o‘rnatdi!

9 oktyabr kuni Nyu-Yorkdagi maxsus tadbirda taqdim etilgan Google Pixel 3 XL flagmani A+ reytingini egalladi. Uning displeyi barcha smartfonlar orasida eng yaxshisi ekanini DisplayMate vakillari Twitter orqali e’lon qilishdi.

Ayni damda Pixel 3 XL displeyi testining tafsilotlari e’lon qilingani yo‘q. Ammo DisplayMate ekspertlari yangi flagman ekranining to‘laqonli tavsifini yaqin kunlar ichida rasmiy saytga joylashlarini aytishgan. Aftidan, u bilan birga Pixel 3 displeyining sinov natijalarini ham berishsa kerak.

Google Pixel 3 hamda Pixel 3 XL ekranlari nafaqat diagonaliga ko‘ra, balki shakli bilan ham o‘zaro farqlanadi. Ulardan birinchisining displeyi tepasida yupqa romli bo‘lsa, XL-versiyali flagmanning ekrani romsiz va «o‘yiq»lidir.

O‘QING: Google Pixel 3 va 3 XL taqdim etildi: syurprizsiz flagmanlar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!