KUTILMAGAN VIDEO: «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7’ni suv tubida ham ishlatib ko‘rsatishdi – «joni toshdan» ekan!

  •   DiMaX
  •  4612
  •  14.01.2019 11:01

KUTILMAGAN VIDEO: «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7’ni suv tubida ham ishlatib ko‘rsatishdi – «joni toshdan» ekan!

Xiaomi kompaniyasining Redmi Note 7 smartfoni 48 megapiksellik kamerasidan tashqari, ekrani va korpusi mustahkamligi bilan ham mashhur bo‘lib ulgurdi. Videolarda uni yigitlar polga tashlab tepkilab, qiz nozik poshnasida ezg‘ilab, do‘mboq yigit ustiga sakrab o‘tirib va yana ekrani bilan yong‘oq chaqib ham ko‘rsatishgan.

O‘QING: ANTIQA TEST VIDEOSI: Redmi Note 7 ekranini oshtaxta qilib ishlatishdi!

Redmi turkumi mustaqil brend sifatida ajratilganidan so‘ng taqdim etilgan ushbu smartfon xuddi flagmanlar kabi sifatli chiqqan. Kompaniya Redmi Note 7’ning barcha tirqishlari chang va suv sachrashidan himoyalanganini ta’kidlagan edi. Kompaniya rahbari Ley Szyun (Lei Jun) buni isbotlash uchun ushbu smartfonning korpusi ochilgan holatidagi suratlarini tarqatdi:

Ko‘rib turganingizdek, korpusning barcha portlarida, tugmachalarida hamda SIM-karta uyachasida suvdan himoyalovchi rezina qismlar mavjud.

O‘QING: Bu smartfon ko‘l tubida 2 hafta yotganidan so‘ng ham ishlayverdi!

Bundan tashqari, Redmi Note 7’ning yana bitta «jonli» videosi ham tarqatildi. Unda bu smartfonni ishlab turgan holida suv to‘la tog‘oraga tashlab, yana olib ishlatib ko‘rsatishgan!

Guvohi bo‘layotganingizdek, garchi Xiaomi faqat suv sachrashidan himoyalangan, degan bo‘lsa-da, Redmi Note 7 qisqa muddatda suv ostiga «sho‘ng‘igan» holatda ham ishlayverar ekan!

O‘QING: Redmi Note 7 raqibi – Realme 3 ham 48 megapiksellik kameraga ega bo‘lyapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!