Oila qurishni istagan robot – Saudiya fuqarosi Sofiya singilli bo‘ldi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1358
  •  31.01.2019 09:48

Oila qurishni istagan robot – Saudiya fuqarosi Sofiya singilli bo‘ldi! (+video)

Hanson Robotics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Sofiya nomli robot Saudiya Arabistonida fuqarolikka qabul qilinganidan xabaringiz bor. Terabayt.uz sayti inson qiyofali bu yaratiq endi oila qurishni istayotgani haqida ham xabar bergan.

O‘QING: Odamsimon robot odamlarni yo‘q qilishini aytdi

Endi esa Hanson Robotics kompaniyasi ushbu robotning kichraytirilgan versiyasini ishlab chiqdi. Yangi mahsulotga «Kichkina Sofiya» nomi berilgan bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar uni Sofiyaning singlisi, deyishmoqda.

Sofiyaning singlisi unga o‘xshab ketadi, ammo yuzi yosh qizchalarnikidek, tanasi esa ko‘proq kinolardagi robotlarni eslatadi. Kichkina Sofiyaning ichida kishilarni yuzidan tanish uchun sensorlar, suhbatlashish uchun dinamik va mikrofon bor, u yana yura oladi ham. Bu robotchani ovozli buyruqlar orqali, shuningdek, smartfon yoki planshetdagi ilova yordamida boshqarish mumkin.

Kichkina Sofiyani bolalar uchun maxsus ishlab chiqishgan – kichkintoylar u bilan gaplashishlari, birga o‘ynashlari va hatto birgalikda o‘qib-o‘rganishlari mumkin. Robotning o‘ziga o‘rnatilgan dastur orqali u bolalarga dasturlash asoslarishi anglashda va dars qilishda yordam bera oladi.

O‘QING: Putin bilan ko‘rishgan robotni Tesla avtopiloti urib «o‘ldirdi» (+video)

Mana, Kichkina Sofiyani quyidagi videoda batafsil tomosha qilamiz:

Kichkina Sofiyani ommaviy ishlab chiqarish uchun allaqachon Kickstarter kraudfanding maydonchasida mablag‘ yig‘ila boshlagan.

Aytish kerakki, Terabayt.uz saytida robotlar bilan bog‘liq turli xabarlar e’lon qilingan: Saudiya fuqaroligini olgan robotning endi oila qurishni istagan, shu mamlakatda robotni rasman davlat ishiga tayinlashgan, «sevish uchun» maxsus robot yaratilgan, «Terminator-2» filmidagi afsonaviy T-1000 kabi suyuq robot ishlab chiqilgan, Ilon Mask odamsimon jangovar robot taqdim etmoqchi, Dubayda robot-politsiyachi ish boshlaydi, Yaponiyada esa tarjimon robot talabalarga dars beradi, Rossiyada bankda robot-kollektorish boshlagan, Oksford universitetida esa robot murakkab ko‘z jarrohligi amaliyotini o‘tkazgan...

O‘QING: Bugun – insoniyatga robot tanitilgan va robot ilk bor qotillik qilgan kun!