«Olti burchakli» Mi 9 flagmani Xiaomi’ning birorta smartfoniga o‘xshamaydi! (+surat)

  •   DiMaX
  •  2740
  •  22.11.2018 14:07

«Olti burchakli» Mi 9 flagmani Xiaomi’ning birorta smartfoniga o‘xshamaydi! (+surat)

Xiaomi kompaniyasi yaqindagina Mi Mix 3 slayderini chiqargandi, u yana bir nechta modeldagi telefon ustida ishlamoqda. Jumladan, Mi Mix 3S hamda Mi 8S flagmanlari, Mi Note 4 fableti va inqilobiy – Mi Mix Flex buklama smartfoni.

O‘QING: Xiaomi Mi 9 haqida ilk ma’lumotlar chiqdi: Snapdragon 8150 chipi, 48 MPlik kamera va 10 GB «operativka»!

Xullasi kalom, Xiaomi o‘zining Mi turkumidagi navbatdagi – to‘qqizinchi flagman smartfonini ham tayyorlamoqda. Internetda uning dizayni borasida tarqalgan xabarlar qiziq. Ularga ko‘ra, Mi 9 korpusi g‘ayrioddiy – olti burchakliga o‘xshash shaklda bo‘lishi mumkin!

Kuni kecha xabar berganimizdek, «xitoycha Apple» yaqinda Meitu kompaniyasining smartfonsozlik biznesini ham sotib oldi. Mi 9 deya taqdim qilinayotgan yuqoridagi suratdagi model esa aynan uning smartfonlariga o‘xshab ketadi.

O‘QING: Xiaomi smartfoningiz bormi? Unda tanlovda qatnashib, 10 000 dollar yutib oling!

Ehtimoliy Mi 9’ning asosiy kamera blogi Xiaomi smartfonlari dizaynida, selfi-kamera esa Meitu selfifonlariga o‘xshash. Shuningdek, unda barmoq izi skaneri ham displeyga integratsiya qilingan.

Aytish kerakki, bu – hali norasmiy ma’lumot, Mi 9 dizayni bundan boshqacha bo‘lishi ham mumkin. Xiaomi’ning shu paytgacha savdoga taqdim etilgan aksariyat smartfonlarini esa 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud. Do‘konimizga yangi kelgan, hali quyidagi narxnomamizga kirmagan mobil kinoteatr – Mi Max 3 fabletini bo‘lsa 2 188 000 so‘m evaziga sotib olishingiz mumkin.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini Terashop.uz’dan oling (2018 yil 20 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!