O‘rta narxli eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil mart)

  •   DiMaX
  •  4054
  •  08.04.2020 13:49

O‘rta narxli eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil mart)

AnTuTu benchmarki avvalroq Xitoydagi foydalanuvchilar tekshiruvlari asosida o‘rta narxli eng zo‘r smartfonlar reytingini chiqargandi. Ushbu benchmark endi o‘rta narx toifasidagi eng kuchli telefonlarning global reytingini ham taqdim etdi.

O‘QING: Eng qudratli flagmanlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2020 yil mart)

Eng baquvvat flagmanlarning global TOP-o‘ntalik ro‘yxatida bo‘lgani kabi, o‘rta narxli modellar reytingida ham dunyo bo‘yicha AnTuTu’da 1000 martadan oshiq tekshirib ko‘rilgan smartfonning o‘rtacha natijalari hisoblangan.

Flagmanlarning global reytingida naq oltita o‘rinni bitta kompaniya mahsulotlari band etgan bo‘lsa, global bozordagi o‘rta narxli eng yaxshi smartfonlarning reytingida xilma-xillik mavjud. Ammo unda fevral oyidagi reyting yetakchisi – Redmi Note 8 Pro o‘z o‘rnini saqlab qolgan. Kuchli uchlikni va umuman ro‘yxatning yarmini Xiaomi’ning turli modellari egallagan:

Ko‘rib turganingizdek, «Xitoycha Apple»ning Mi Note 10 Pro, Mi 9T, Mi Note 10, Mi 9 SE smartfonlari tegishlicha 2, 3, 6 va 10-o‘rinlarni band qilgan.

O‘QING: TeraTaqqos: Redmi Note 8 hamda Galaxy A20s smartfonlarini ochib, ishlatib ko‘ramiz

Samsung korporatsiyasining ikkita vakili – Galaxy A71 hamda Galaxy A80 modellari mos tarzda 4 va 7-pog‘onalardan joy olgan. Oppo kompaniyasining arzonchi brendi mahsuloti bo‘lmish Realme Q va Realme XT smartfonlari esa tegishlicha 8 va 9- pog‘onalarda turibdi.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, reying yetakchisi MediaTek kompaniyasining o‘yinbop smartfonlarga moslangan Helio G90T protsessori bazasida ishlaydi. Ro‘yxatdagi qolgan to‘qqizta kuchli smartfon esa turli rusumlardagi Qualcomm chipsetlariga asoslangan.

Ushbu mavzuda, eng arzon telefonlarning chiplari haqidagi maqolamizni mana bu, hamyonbop smartfonlarning protsessorlari to‘g‘risidagi maqolamizni mana bu, o‘rta narxli modellar chipsetlari xususidagi maqolamizni esa mana bu havolalar orqali o‘tib o‘qishingiz mumkin.

O‘QING: AnTuTu reytingi: Samsung, Huawei, MediaTek va Qualcomm – qay biri eng zo‘r?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!