O‘ta ommabop Apple gadjetining ikki karra arzon raqibini taqdimotdan avval ishlatib ko‘ramiz! (ikkita «jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1004
  •  06.10.2020 11:40

O‘ta ommabop Apple gadjetining ikki karra arzon raqibini taqdimotdan avval ishlatib ko‘ramiz! (ikkita «jonli» video)

Apple korporatsiyasining AirPods quloqchinlari juda zo‘r va ommabop, ammo shunga yarasha qimmat ham-da! Xitoyliklar esa unga ko‘p jihatidan o‘xshash aksessuarlar chiqarishadi, masalan, Redmi brendining AirDots 2 modeli atigi 11 dollardan sotuvga chiqqan!

O‘QING: Bojxonachilar ikki mingta «qalbaki Apple AirPods»ni qo‘lga olib, o‘zlari sharmanda bo‘lishdi!

Xiaomi korporatsiyasi o‘tgan yilning sentyabrida Air 2 rusumli butkul simsiz quloqchinni taqdim etgan va bor-yo‘g‘i 56 dollardan sota boshlagan edi. Endi esa yana bitta – Mi Air 2 Pro aksessuarini tayyorladi va 13 oktyabrda uni rasman namoyish qiladi. Nomidan ham bilinib turganidek, bu devays AirPods Pro quloqchiniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib bo‘ladi, ammo undan ancha (insayderlarga ko‘ra – ikki baravarga) arzon narxlanadi.

Hali rasmiy taqdimoti o‘tkazilmay turib, Xiaomi Mi Air 2 Pro quloqchinining «jonli» videolari internetga chiqib ulgurdi:

Anglagan bo‘lsangiz kerak – Mi Air 2 Pro quloqchini g‘ilofining qopqog‘i ochilishi bilan tegishli smartfonga bog‘lanadi. Bundan tashqari, unga simsiz quvvatlash texnologiyasi ham joriy etilgan!

O‘QING: Xitoyliklar buni uddalashdi: AirPods Pro’ning arzon klonini ham iPhone xuddi originalidek qabul qilyapti! (+video)

Quyidagi lavha esa yuqoridagi rolikning bir qismi bo‘lib, ustiga musiqa yozilmasdan, o‘z ovozi bilan e’lon qilingan. Sababi – bunisida Xiaomi Mi Air 2 Pro’ning shovqin to‘sish funksiyasi amalda ishlatib ko‘rsatilgan:

Bu aksessuarda shovqin to‘sish bo‘yicha uchta rejimda ishlar ekan, ulardan biri faol shovqin to‘sish rejimi bo‘lib, tashqi ovozlar umuman o‘tkazilmaydi. Ikkinchisi – «pass-through mode» deb nomlangan rejim – bunda smartfondan (pleyer, planshet yoki boshqa gadjetdan) kelayotgan tovushni emas, balki faqat atrofdagi ovozlar eshitiladi. Uchinchisi esa passiv shovqin to‘sish rejimi bo‘lib, unda ham devaysdan kelayotgan, ham tevarakdan eshitilayotgan ovozlar quloqqa yetib keladi.

Mazkur uchta rejimning biridan boshqasiga o‘tish uchun Xiaomi Mi Air 2 Pro’ning sensor yuzasiga bir necha soniya bosib turish kerak bo‘ladi.

O‘QING: Original AirPods'ni soxtasidan qanday farqlash mumkin?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!