Qo‘l-oyoqsiz geymer Fortnite’dagi g‘alabalari bilan Ginness rekordlar kitobiga kirdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  915
  •  07.11.2019 15:07

Qo‘l-oyoqsiz geymer Fortnite’dagi g‘alabalari bilan Ginness rekordlar kitobiga kirdi! (+video)

Ginnessning rekordlar kitobiga nomi kiritilgan navbatdagi geymer – Roki Stoutenburg sizu bizdan farq qiladi. Uning bo‘yindan pastki qismi falajlanib qolgan, ammo shunda ham Fortnite’da rekord o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi!

O‘QING: Bu aktrisa akkaunt ochiboq Instagram’ni ishdan chiqardi va hatto Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi!

Stoutenburg aslida xokkeyga, motopoygalarga va video‘yinlarga qiziqardi, lekin avariyadan so‘ng uning tanasi shol bo‘lib – bo‘yindan pastki qismi ishlamay qoldi. Lekin akasi og‘iz yordamida boshqarishga mo‘ljallangan joystik sovg‘a qilgach, Rokkining geymer sifatidagi ikkinchi umri boshlandi.

«Bu kontrollerning yon naychasi, uchta markaziy naychasi, analogli joystigi va lab orqali boshqariladigan pereklyuchateli bor. O‘yinda personajni boshqarish uchun shu to‘rtta naychaga puflash, analogli joystikni surish va lab pereklyuchatelini bosish kerak», deya tushuntiradi Stoutenburg.

Rokki dastlab bunday boshqarishga ko‘nikishi qiyin kechdi, lekin mashg‘ulotni tashlab qo‘ymadi. Natijada bu yigit yangicha joystikda ishlashni yaxshi o‘zlashtirib olib, yakkalik o‘yinlardan jamoaviy o‘yinlarga ham o‘tdi. Hattoki PlayerUnknown's Battlegrounds va Fortnite singari «shohona o‘yin»lardayam yutuqlar qozona boshladi.

Ayniqsa, uning Fortnite’dagi natijalari hayratlanarli: 2019 yil mart oyi holatiga ko‘ra, Stoutenburg naq 509 ta matchda g‘alaba qozongan va bitta matchda 11 ta «o‘ldirish» ishlab olgan. Bular bilan u mazkur o‘yinda yangi rekord o‘rnatib, Ginnessning rekordlar kitobiga o‘z nomini muhrlatgan.

O‘QING: Geymerlarning sevimli qurilmasi: PlayStation 4 tavsifi bilan tanishing!

Bundan tashqari, Rokki boshqa geymerlar bilan ham faol aloqada bo‘lib kelmoqda – bunda unga kompyuter o‘yinlariga ixtisoslashgan Twitch videostriming servisi yordam beradi. «Twitch’ning bir bo‘lagi bo‘lish juda maroqli. U yerda do‘stlar ko‘p va hech qachon yolg‘iz o‘ynamaysiz – hamisha birga o‘ynaydigan yoki gurunglashadigan kimdir bo‘ladi. Twitch – chindan ham yaxshi hamjamiyat», – degan Roki.

Qoyil qolmasdan iloj yo‘q – qo‘l-oyoqsiz holda, faqat lablari yordamidagina Fortnite o‘ynab, Ginness rekordlar kitobiga kirishning o‘zi bo‘ladimi axir!

Darvoqe, Terashop.uz internet-do‘konimizda o‘yin pristavkalarining har xil modellarini 2 870 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish, turli o‘yin kontrollerlarini esa atigi 277 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: «Terminator»dagi robotning bosh suyagi qo‘shilgan Xbox One X chiqdi, uni siz ham tekinga olishingiz mumkin!