Quloqchindan ehtiyot bo‘ling – Nukusda u o‘smirning o‘limiga olib keldi!

  •   DiMaX
  •  1225
  •  09.01.2019 16:40

Quloqchindan ehtiyot bo‘ling – Nukusda u o‘smirning o‘limiga olib keldi!

Xorij yangiliklarida ayrim gadjetlar qatori quloqchinlar ham o‘z-o‘zidan portlab, foydalanuvchiga zarar yetkazishi holatlariga duch kelamiz. Ammo bu aksessuarning boshqa bir zararli tomoniga ko‘pincha o‘zimiz ham e’tibor bermaymiz.

O‘QING: Ishlab turgan Apple AirPods quloqchini portlab ketdi

Ya’ni, kishi quloqchin orqali baland ovozda musiqa tinglab yoki telefonda gaplashib ketayotib, atrofdagi xatarni sezmay qolishi mumkin. Kuni kecha Nukus shahri temir yo‘l vokzali yonida bo‘lgan baxtsiz hodisa bunga yaqqol misoldir. Ushbu voqea haqida Makan.uz saytiga tayangan holda uz24.uz nashri xabar bergan.

Hodisa 5 yanvar kuni soat 13:45 da, Nukus shahri hududidan o‘tuvchi «Xo‘jayli-Nukus» temir yo‘lining 2-piketi 699-kilometrida sodir bo‘lgan. Bunda 334-sonli «Saratov-Urganch-Toshkent» yo‘lovchi tashuvchi poyezdini tortib kelayotgan UZTE16M2-033-son teplovozi temir yo‘l relsining o‘rtasida qulog‘iga quloqchin taqqancha ketayotgan yo‘lovchini bosib ketgan. Bu – Nukus shahrida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan R.D. ismli o‘smir bo‘lib, avariya oqibatida u voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat bo‘yicha hozirgi vaqtda tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. Biz esa mushtariylarimizdan

O‘QING: Egasini avariyadan saqlovchi Sgnl V70 quloqchini taqdim etildi! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.