Redmi ommabop v arzon smartfonini 5G-versiyada chiqaryapti – «jonli» surat va xususiyatlari!

  •   DiMaX
  •  1232
  •  06.11.2020 14:06

Redmi ommabop v arzon smartfonini 5G-versiyada chiqaryapti – «jonli» surat va xususiyatlari!

Xiaomi kompaniyasi 30 aprel kuni Redmi brendi ostidagi to‘qqizinchi avlod fabletlarining eng arzonini taqdim etgan edi. Redmi Note 9 rusumli ushbu smartfon bir qator texnik xususiyatlari va 199 dollardan boshlanuvchi narxi bilan kishini quvontiradi.

O‘QING: Redmi’ning ommabop smartfoniga MIUI 12 muammolar olib keldi

Kompaniya shundan keyin ham mazkur turkumda bir nechta yangi modellarni chiqargan, endi esa mazkur smartfonni 5G-versiyada taqdim etmoqchi. Xitoylik taniqli insayder Digital Chat Station esa uning xususiyatlarini aniqlab e’lon qildi.

Insayderga ko‘ra, Redmi Note 9 smartfonining beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi talqini Xiaomi Mi 10T Lite modeliga juda o‘xshash bo‘ladi. Bu «yengillashtirilgan» flagman bir oy avval taqdim qilingan va global bozorda allaqachon sotilmoqda. Lekin ayni shu Digital Chat Station uning rebrending qilingan varianti Redmi Note 10 modeli sifatida chiqishini aytgan edi.

Xullasi kalom, yangi smartfon protsessori – Qualcomm Snapdragon 750G chipseti, 4820 mA/soatlik akkumulyatori 33 vattlik tezkor quvvatlana oladi.

O‘QING: Redmi’ning yangi flagmani bu jihatiga ko‘ra iPhone 11’dan ham zo‘r chiqdi!

Shartli tarzda Redmi Note 9 5G deb atalayotgan bu gadjet diagonaliga 6.67 dyuymlik, LCD-matritsali ekranga ega. Displeyda kadr yangilanishi adaptiv xususiyatga ega, maksimal chastotasi esa 120 gerslik; uning tasvir uzatish aniqligi bo‘lsa FHD+ formatida.

Internetda allaqachon ushbu smartfon ekranining «jonli» rasmi ham tarqaldi:

Xiaomi Mi 10T Lite modelining bosh kamerasida asosiy datchik 64 megapiksellik bo‘lsa, Redmi Note 9 5G smartfonida naq 108 megapiksellik Samsung HM2 sensori qo‘llanadi. Uning old kamerasi esa 16 megapiksellik yakka moduldan iborat.

Redmi Note 9 5G shu oyda yoki dekabrda taqdim etilib, bozorga chiqarilishi mumkin.

O‘QING: Xiaomi misli ko‘rilmagan smartfon kamerasini namoyish etdi (+video)