Redmi’ning eng ulkan gadjeti rekord o‘rnatdi

  •   DiMaX
  •  972
  •  25.06.2020 08:19

Redmi’ning eng ulkan gadjeti rekord o‘rnatdi

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi smartfonlardan tashqari yana kir yuvish mashinasi, poverbank, quloqchin, noutbuk, fitnes-braslet, router hamda televizor ham namoyish qilingan. Redmi TV turkumining eng ulkan vakili – Redmi Max 98 televizori esa shu yilning mart oyida taqdim etilgan.

O‘QING: Redmi gigant televizorining odam ishtirokisiz ishlab chiqarilishini videoda ko‘rsatdi

Ekranining o‘lchami naq 98 dyuym keladigan Redmi Max 98 televizori yaxshi sotilayotgani haqida kompaniya bir nech bor maqtangan. Ushbu modelning chiqishi bilan mazkur toifadagi gadjetlar savdosi 10 karra oshgan.

Bugun – 25 iyun kuni Redmi brendi mazkur gigant televizor savdosidagi yangi rekordni e’lon qildi:

Unga ko‘ra, Xitoyda sotuvga chiqarilgan Redmi Max 98 televizorlarining navbatdagi partiyasi besh daqiqaga yetmasdan sotilib ketgan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, mingta devaysdan iborat partiyaning sotib tugatilishi uchun 3 daqiqayu 28 soniya yetarli bo‘lgan. Narxi baland – 2825 AQSh dollariga teng ekanini hisobga olsak, bu – savdodagi yaxshi ko‘rsatkich.

O‘QING: Yoshlarbop va arzon Redmi Smart TV X series televizorlari namoyish qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!