Samsung Flash – nostandart dizaynli noutbuk namoyish etildi (+video)

  •   DiMaX
  •  738
  •  23.10.2018 10:39

Samsung Flash – nostandart dizaynli noutbuk namoyish etildi (+video)

Janubiy koreyalik texnogigant yangi – Flash turkumida koutbuklar taqdim etishi haqidagi mish-mishlar tasdiqlandi. Mahalliy bozorda allaqachon yangi laptoplar sotuvga qo‘yildi.

O‘QING: Samsung Galaxy Book 2 taqdim etildi – uzluksiz 20 soat ishlovchi planshet-transformer!

Lekin, afsuski, Samsung Flash noutbuklarining «ichki dunyosi» – texnik xususiyatlarini kompaniya hozircha oshkor etmagan. Hozircha faqat laptoplarning dizaynigina ma’lum – ularda yangicha yondashuv mavjud.

Jumladan, noutbuk qopqog‘i yulduzchalar bilan qoplangan, ish paneli qoplamasi esa mato yuzasiga o‘xshash. Klaviaturasidagi tugmachalari doirasimon shakli bilan yozuv mashinkasini eslatadi. Xullasi kalom, Samsung Flash bozordagi boshqa modellardagi laptoplardan tubdan farq qiladi.

O‘QING: Eng ishonchli kompyutersozlar reytingi e’lon qilindi

Mana, Samsung Flash laptopini maxsus videolavhada tomosha qilamiz:

Samsung Flash noutbuki so‘nggi avlod Intel simsiz adapteri evaziga Wi-Fi orqali fayllarni o‘ta yuqori – soniyasiga 1,7 gigabit tezligida ko‘chirishi aytilmoqda. Shuningdek, qurilma barmoq izi skaneriga, USB-C portiga hamda diagonaliga 13,3 dyuymlik, tasvir uzatishi Full HD formatida bo‘lgan IPS-ekranga ega.

Janubiy Koreyaning o‘zida Samsung Flash noutbuklari 715 dollardan boshlangan narxlarda sotuvga qo‘yilgan. Ular global bozorga chiqarilish-chiqarilmasligi hozircha ma’lum emas.

Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli ishlab chiqaruvchilarning ayrim modellardagi noutbuklari savdoga qo‘yilgan. Uydan yoki ofisdan chiqmasdan turib, ularga onlayn tarzda buyurtma berishingiz, tovar qo‘lingizga yetib borganidan so‘ng o‘zingizga qulay usulda to‘lovini amalga oshirishingiz mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da noutbuklar narxlari (2018 yil 4 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!