Samsung hali taqdim etmagan, batareyasi baquvvat va arzon Galaxy M31 Prime allaqachon do‘konga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  3302
  •  08.10.2020 10:02

Samsung hali taqdim etmagan, batareyasi baquvvat va arzon Galaxy M31 Prime allaqachon do‘konga chiqdi!

O‘zining eng «beli baquvvat» smartfoni – Galaxy M51 modelini Samsung kompaniyasi 31 avgust kuni namoyish etgan. Bu qurilma sentyabrda savdoga chiqqan edi, oradan bir oy o‘tar-o‘tmas u yana bitta smartfon tayyorlab ulguribdi.

O‘QING: Smartfon bozoridagi eng muvaffaqiyatli kompaniyalar reytingi chiqdi

To‘g‘ri, ishlab chiqaruvchining o‘zi bu mahsulotini hali rasman e’lon qilgani yo‘q, biroq Amazon India onlayn do‘konida allaqachon Samsung Galaxy M31 Prime smartfonining reklama sahifasi paydo bo‘lgan. Shundan ma’lumki, uni aynan Hindistonda taqdim etishadi va birinchi bo‘lib o‘sha mamlakat bozoriga chiqarishadi.

Onlayn savdo maydonchasi ushbu yangi smartfonning suratlari chiqarilgan bo‘lib, shulardan Galaxy M31 Prime modelining dizayni va ayrim texnik jihatlarini bilib olish mumkin.

Jumladan, smartfonning orqa panelida barmoq izi skaneri, old kamerasida esa foydalanuvchini yuzidan tanish orqali qurilmani qulfdan chiqarish funksiyasi bor.

O‘QING: Kutilmagan xavf: Xiaomi smartfonlarida barmoq izi skanerini ham kamera qilib ishlatsa bo‘lar ekan! («jonli» video)

Galaxy M31 Prime modelining ekranidagi tomchisimon tirqishga o‘rnatilgan selfi-kamera 32 megapiksellik datchikka ega. Shu kameraning o‘zida sekinlashtirilgan video, 4K-video yozib olish mumkin, unga to‘ldirilgan borliq (AR) texnologiyasi ham joriy etilgan:

Kutilayotgan smartfonning dizayni Samsung «megamonstr» deya maqtay-maqtay fevralda taqdim etgan arzon «megamonstr» – Galaxy M31 modeli bilan bir xil.

O‘QING: Samsung rosa maqtagan arzon smartfon «g‘isht»ga aylanib qolyapti!

Galaxy M31 Prime kvadrokamerasi 64, 8, 5 hamda 5 megapiksellik modullarni hamda fotochaqnoqni o‘z ichiga oluvchi to‘rtburchak blok shaklida.

Samsung bu smartfonini 10 nanometrlik texnologiya asosida ishlangan, maksimal takt chastotasi 2,3 gigagerslik 8 yadroli Exynos 9611 protsessori bazasida tayyorlagan.

Galaxy M31 Prime tezkor xotirasi 6, doimiy xotirasi esa 64 va 128 gigabaytlik variantlarda taklif etiladi. Unda yana MicroSD formatidagi, 512 gigabaytgacha hajmli xotira kartasi uchun slot ham mavjud.

O‘QING: Galaxy A72 – pentakamerali ilk Samsung smartfoni

Mazkur smartfonning akkumulyatori 6000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega bo‘lib, uni USB type-C porti orqali 15 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlash mumkin.

Bu batareyaning bitta to‘la quvvati Wi-Fi orqali 21 soat internetda kezishga, 26 soat video ko‘rishga, 48 soatlik so‘zlashuvga, 119 soat musiqa tinglashga yetadi.

Galaxy M31 Prime namoyish sanasi va narxi hozircha ma’lum emas, bu boradagi yangiliklarni biz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Samsung o‘z smartfonlari egalarini Android 11 asosidagi One UI 3.0 proshivkasining ochiq sinoviga chaqiryapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!