Samsung o‘yindan chiqqan yo‘nalishda uning yordami bilan Xiaomi birinchi bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  956
  •  27.04.2021 12:39

Samsung o‘yindan chiqqan yo‘nalishda uning yordami bilan Xiaomi birinchi bo‘ladi!

2019 yil oktyabrning boshida Xiaomi o‘zining Mi Note 10 hamda Mi Note 10 Pro fabletlarini namoyish etgan edi. Bular – bosh kamerasida naq 108 megapiksellik sensor (Samsung ISOCELL Bright HMX datchigi) qo‘llangan dunyodagi ilk smartfonlardir. Ammo keyinchalik ma’lum bo‘lishicha...

O‘QING: Samsung kompaniyasi 108 MPlik kamera borasida Xiaomi’ni boplagan ekan!

Ishonchli insayder Ice Universe yaqinda ma’lum qilishicha, Samsung smartfonlar kamerasida megapiksellar poygasidan chiqqan. Ya’ni, koreyalik gigant bundan keyingi smartfonlarida optik sensorning megapiksellar sonidan ko‘ra boshqa jihatlari yaxshilangan kameralar qo‘llamoqchi.

Yangi xabarlarga ko‘ra, Xiaomi esa aksincha – rezolyusiyasi yanada yuqori megapiksellar bilan o‘lchanuvchi kamerali smartfonlar ustida ishlamoqda. Qizig‘i – 200 megapiksellik birinchi optik datchikni aynan Samsung tayyorlamoqda va Digital Chat Station nikli insayderga ko‘ra, bu modulni birinchi bo‘lib «Xitoycha Apple» o‘z mobil telefonlarida ishlatadi.

To‘g‘ri, insayder buning muddatlarini aytmagan; zero, Samsung hali bunaqa datchikni taqdim etish tugul, hatto rasman e’lon qilgani ham yo‘q. Lekin sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur sensor hozirgi kundagi eng kichik – 0,64 mkm o‘lchamli pikselga ega. Shuningdek, unda bir nechta pikselni bittasiga birlashtirish imkoni ham bo‘lsa kerak.

Texnik jihatdan bu kamera datchigi 16K formatida video yozib olishga qodir bo‘ladi, ammo unga ishlov berishga qodir protsessor hozircha yaratilmagan. MediaTek kompaniyasi yanvarda namoyish etgan flagman – Dimensity 1200 chipseti 200 megapiksellikkacha kamerani qo‘llab-quvvatlaydi, lekin 16K formatli videoni emas. Aftidan, Xiaomi hozircha noma’lum smartfonida ayni shu protsessorni ishlatadi. Lekin 200 megapiksellik kamera ham hali holvasi...

O‘QING: 256 MPlik kamerali ilk smartfonni kim tayyorlaganini bilasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.