Samsung va LG o‘z yurtida Xiaomi’ning dadil hamlasiga uchradi!

  •   DiMaX
  •  1785
  •  18.07.2020 09:22

Samsung va LG o‘z yurtida Xiaomi’ning dadil hamlasiga uchradi!

Xiaomi korporatsiyasi Janubiy Koreyaning yirik texnologik kompaniyalariga qarshi maydonga tushdi. Xitoyliklar bu mamlakatda LG va Samsung mahsulotlarining yarim narxida 5G-smartfon sota boshlashdi.

O‘QING: Yaponiyada atom bombasini «qayta portlatgani» uchun Xiaomi uzr so‘radi (+video)

Janubiy Koreya smartfon bozorini egallash oson kechmasligini «Xitoycha Apple» yaxshi biladi. Lekin u qiyinchilikdan cho‘chimay, bu mamlakat bozoriga Xiaomi Mi 10 Lite modelini olib kirdi. Eslatib o‘tamiz, ushbu kvadrokamerali hamyonbop 5G-flagman shu yilning 27 mart kuni taqdim etilgan.

Tabiiyki, Xiaomi bu yerda mahalliy gigantlarni narx-sifat mutanosibligi bilan yengishni ko‘zlagan – Xiaomi Mi 10 Lite modelini taxminan 374 dollardan sotuvga chiqardi. Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, LG Velvet smartfoni o‘z yurtida 747 dollardan boshlanuvchi narxlarda sotilmoqda.

O‘QING: Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A42 haqida ilk ma’lumotlar

Xiaomi bu smartfonini bir nechta onlayn riteylerlar va yirik internet-do‘konlar – 11th Street, Naver Smart Store, Coupang va SK Telecom kabilar orqali sotyapti. Janubiy Koreyaning chakana savdo nuqtalarida Xiaomi Mi 10 Lite hozircha sotuvga chiqmagan.

Eslatib o‘tamiz, Mi 10 Lite modelining texnik xususiyatlari ushbu xabarimizda ko‘rsatilgan. Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: 4 iyulgacha barqaror MIUI 12’ga yangilangan va tez orada yangilanadigan barcha Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.