Snapdragon 855 (Snapdragon 8150) protsessorli ilk smartfon Xiaomi Mi Mix 3 bo‘lib, u 5G tarmog‘ida ishlashini aytishmoqda!

  •   DiMaX
  •  955
  •  11.10.2018 13:06

Snapdragon 855 (Snapdragon 8150) protsessorli ilk smartfon Xiaomi Mi Mix 3 bo‘lib, u 5G tarmog‘ida ishlashini aytishmoqda!

Xiaomi menejerlari Mi Mix 3 flagmanini allaqachon «jonli» suratlar va videolarda, hatto 5G tarmog‘ida ishlatib ham ko‘rsatishgan. Shuningdek, ushbu va yana bitta smartfonda maxsus Xiao AI tugmachasi bo‘lishidan ham xabaringiz bor.

O‘QING: Rasmiy suratlar Xiaomi Mi Mix 3’ning yangi jihatlarini ko‘rsatdi

Endi esa Xiaomi Mi Mix 3 haqidagi yangi ma’lumot Xitoydagi ommabop Sogou qidiruv tizimi saytida paydo bo‘ldi. Aniqrog‘i – unda mazkur flagmanning kompyuterda ishlangan suratlari hamda texnik jihatlari joylangan alohida sahifa ochilgan.

Ushbu sahifada teskari hisobli taymer ham joylangan bo‘lib, uning hisoblashi to‘rt kundan so‘ng – Mi Mix 3 taqdimot tadbirining boshlanishida tugaydi.

O‘QING: Nihoyat, Xiaomi romsiz slayderi – Mi Mix 3 flagmanining taqdimot sanasini rasman aytdi

Saytda ko‘rsatilishicha, ushbu romsiz ekranli slayder displeyining o‘lchami diagonaliga 6,4 dyuymni tashkil etadi. Uning tezkor/doimiy xotirasi 8/256 gigabaytga, akkumulyatorining tok sig‘imi esa 3850 mA/soatga teng.

Xiaomi Mi Mix 3 asosiy kamerasi uchta modulli bo‘lib, ulardan ikkitasi 16 va 13 megapikselli ekani ko‘rsatilgan. Selfi uchun esa 20 megapiksellik old kamera mavjud.

Xiaomi ushbu flagmanini 15 oktyabrda, hali yaqindagina ma’lum bo‘lgan yana bitta smartfoni bilan birga namoyish etadi.

O‘QING: Xiaomi LEX: sirli smartfonning asl nomi va taqdimot kuni rasman ma’lum qilindi!

Eng qizig‘i – bu smartfon Qualcomm kompaniyasining eng yangi, hatto hali rasman taqdim etilmagan yakka kristalli Snapdragon 855 protsessori bazasida ishlashi aytilgan! Mazkur chipning tafsilotlari hali kecha – 10 oktyabrdagina ma’lum bo‘lgan va shunda uning bozorga Snapdragon 8150 nomi bilan taqdim etilishi aytilgan edi.

Faqat Mi Mix 3’ning mazkur saytdagi suratlariga qarab, buning qanaqadir feyk ekanligini taxmin qilish mumkin. Zero, ularda bu flagmanning old kameralari ekran ustidagi romda ko‘rinib turibdi. Holbuki, aslida «xitoycha Apple»ning ushbu flagmani slayder form-faktorida ekanini, selfi-kamera esa ekran ortidagi alohida panelda joylashishini bilamiz.

Eslatib o‘tamiz, Terashop.uz savdo platformamizdan Xiaomi’ning 849 000 so‘mdan boshlanuvchi boshqa modellardagi smartfonlarini ham onlayn tarzda xarid qilishingiz mumkin. Jumladan, unda «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 modeli, shuningdek, eng yangi – Redmi Note 6 Pro fableti ham savdoga qo‘yilgan. Ularning barchasiga bir yillik muddatli rasmiy kafolatga ega ekanligi, onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashtirilgan Xiaomi Redmi smartfonlarining narxlari (2018 yil 3 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!