Xiaomi Mi 9T taqdimotdan bir hafta avval sotuvga chiqdi – aniq narxlari bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  6230
  •  07.06.2019 09:16

Xiaomi Mi 9T taqdimotdan bir hafta avval sotuvga chiqdi – aniq narxlari bilan tanishing!

Xiaomi kompaniyasining hamyonbop Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlari taqdim etilgach, global bozorga boshqa nom ostida chiqarilishi ma’lum bo‘lgandi. Terabayt.uz saytida ularning turli texnik xususiyatlari va hatto birinchi «jonli» rasmlari ham e’lon qilingan.

O‘QING: RASMAN: Xiaomi Mi 9T va Mi 9T Pro keyingi haftadayoq chiqyapti, lekin ular Redmi K20 va K20 Pro kabi arzon emas!

Qizig‘i shundaki, Xiaomi rasman tasdiqlaganidek, Mi 9T modellari hali 12 iyunda namoyish etiladi, ammo ular allaqachon sotuvga chiqibdi! Gizchina nashrining yozishicha, ishlab chiqaruvchining hamkori bo‘lmagan Filippin do‘konlarida Xiaomi Mi 9T sotilayotgan ekan.

Xabarga ko‘ra, 6/64 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega Xiaomi Mi 9T smartfoni 377 AQSh dollariga teng narxda taklif etilmoqda. Uning ikki karra katta doimiy xotiraga ega talqini uchun esa 396 dollar so‘rashyapti.

Bu smartfonlarning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q, bu boradagi yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatib boring. Allaqachon sotuvga chiqqan ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Xiaomi old kamerasi ekran ostiga yashirilgan dunyodagi ilk smartfonni «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!