Xiaomi rasman e’lon qildi: Mi A3 hamda Mi A3 Lite taqdimoti yaqin!

  •   DiMaX
  •  2823
  •  12.07.2019 11:38

Xiaomi rasman e’lon qildi: Mi A3 hamda Mi A3 Lite taqdimoti yaqin!

«Xitoycha Apple»ning bultur taqdim etilgan, toza Android tizimli Mi A2 smartfoni ko‘pchilikka ma’qul kelgandi. Uning navbatdagi avlodi tayyorlanayotgani haqida ko‘plab xabarlar e’lon qilganmiz.

O‘QING: Xiaomi Mi A3 haqida nimalar ma’lum?

Mi A3 smartfonining yaqin orada namoyish etilishini Xiaomi kompaniyasi Twitter tarmog‘idagi rasmiy sahifasida tasdiqladi. U mazkur tarmoq arxivini kavlashtirib, Xiaomi Mi A2 haqida Unbox Therapy nomli YouTube-kanal tomonidan bir yil avval e’lon qilingan videotavsif havolasini topgan. Mazkur rolik muallifi Mi A2’ni ajoyib telefon deb, uning narxini esa – shunchaki zo‘r taklif deb e’tirof etgan ekan. Xiaomi unga javoban kechagi tvitida shunday yozgan:

«Agarda siz Xiaomi Mi A2 smartfonini yaxshi, deb topgan bo‘lsangiz, shunchaki Xiaomi Mi A3 anonsini kuting. Umid qilamizki, u sizga yoqadi. Smartfon juta tez orada chiqadi!»

Xiaomi Mi A3 bilan birga uning «yengil» versiyasi – Mi A3 Lite ham taqdim etilishini kutishimiz o‘rinlidir. Ular ortidan esa kompaniya yuqori toifali flagmanini ham tayyorlamoqda...

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 4'da olingan ilk suratni tomosha qilamiz

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Xiaomi Mi A3 qurilmasi Snapdragon 730 platformasi bazasiga qurilgan. Mi A3 Lite smartfonida esa Snapdragon 675 chipseti qo‘llanadi. Shu tariqa, bu ikkalovi yangi brend ostida yaqindagina taqdim etilgan Xiaomi CC9 hamda CC9e modellarining xalqaro bozor uchun tayyorlangan «klon»lari bo‘lishi kutilmoqda.

Aytib o‘tish kerakki, Xiaomi yangi rusumlardagi smartfonlar taqdim etish barobarida, eski modellarini arzonlashtirib ham kelayotir. Jumladan, «yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 va Note 7 Pro smartfonlari, Mi 9 hamda Mi 9 SE flagmanlari narxlari pasaygan, shuningdek, Xiaomi «mobil kinoteatr»i – Mi Max 3 rekord darajada arzonlashgan edi.

Terashop.uz internet-do‘konimizda ham smartfonlar arzonlashtirilmoqda – ayni mazkur kompaniyaning turli rusumlardagi telefonlarini atigi 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish imkoni bor. Ulardan aksariyatining narxlari ancha pasaytirilgan, shuningdek, ayrimlarini endi pul o‘tkazish (perechisleniye) yo‘li bilan ham olishingiz mumkin!

O‘QING: Mi 9T hamda Redmi 7A smartfonlari Terashop'ga yetib keldi! Xiaomi'ning barcha smartfonlari arzonlashdi, narxlari bilan tanishing! (2019 yil, 6 iyul)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!