Xiaomi yana bitta smartfon taqdim etyapti: orqasidan – Mi 9, oldidan – Redmi K20!

  •   DiMaX
  •  1332
  •  29.05.2019 19:03

Xiaomi yana bitta smartfon taqdim etyapti: orqasidan – Mi 9, oldidan – Redmi K20!

«Xitoycha Apple» hali kechagina – 28 may kuni Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlarini namoyish qilgandi. Bulardan ikkinchisi AnTuTu benchmarkida Xiaomi Mi 9 (sotib olish) flagmanidan ham yuqori – salkam 390 000 ball olgan, yana Redmi K20 Pro: «katta iblis» Geekbench’da ham o‘z kuchini ko‘rsatdi.

O‘QING: Xiaomi yana bitta – Mi 9T flagmanini taqdim etyapti, xususiyatlari bilan tanishing!

Bugun Xiaomi e’lon qilgan tizerga ko‘ra, endi tez kunlarda Mi turkumida ham yangi modellar paydo bo‘ladi! Qizig‘i – unda tasvirlangan smartfonning orqa paneli Xiaomi Mi 9 (sotib olish) modeliga, old tomoni esa Redmi K20’larga o‘xshab tirqishsiz va kemtiksiz to‘liq ekrandan iborat.

Hindistonlik insayder Mukul Sharma (Mukul Sharma) o‘zining Twitter sahifasida e’lon qilishicha, uning manbalari ham avval aniqlangan bir ma’lumotni tasdiqlashgan. Ya’ni, Xiaomi albatta Mi 9T hamda Mi 9T Pro smartfonlarini chiqaradi va ular tegishlicha Redmi K20 hamda K20 Pro modellarining jahon bozoriga mo‘ljallangan versiyalari bo‘ladi.

O‘QING: Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlari global bozorga boshqa nomlar bilan chiqadi (+suratlar)

Ayni damda yangi smartfonning bozorga qanday nom ostida taqdim etilishi aniq emas, zero, bugunning o‘zida Redmi K20 modellarining global versiyalari borasida yana ikkita nom variantlari haqida ma’lumot tarqalgan. Ya’ni, ularning standart va ilg‘or versiyalari tegishlicha Mi 9K hamda Mi 9K Pro tarzida, yoki bo‘lmasa Mi 9I va Mi 9I Pro shaklida nomlanishi mumkin.

Mazkur modellarning qachon taqdim etilishi aniq emas, ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin. Shu yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotganingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda ushbu kompaniyaning ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi!

Bu haqdagi batafsil ma’lumotni mana bu yerda olishingiz mumkin. Internet-do‘konimizda esa shu kunlarda «Ayyom» aksiyasi doirasida mazkur kompaniyaning ayrim smartfonlariga chegirmalar e’lon qilingan.

O‘QING: Redmi o‘zining ilk noutbukini taqdim qildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.