MIUI 12.5 yakuniy proshivkasi yettita Xiaomi smartfoniga muddatidan oldin kela boshladi!

Rasmiy grafikka ko‘ra, bu proshivkalarning birinchi to‘lqini 30 aprelda uzatila boshlashi kerak edi. Lekin Xiaomi beshta emas, balki yetti xil smartfonlariga ularni muddatidan bir hafta oldin tarqatyapti!

Xiaomi Mi 9 Pro 5G – dunyodagi eng arzon 5G-smartfonni qarshi oling!

Yangi flagman ham Mi 9 dizaynida, ammo texnik xususiyatlarida farqlar mavjud. Avvalo, u eng kuchli Android-protsessor – Snapdragon 855 Plus chipseti bazasiga qurilgan.

Xiaomi Mi 9 Pro allaqachon savdoda, lekin u hafsalani pir qildi! (+ilk «jonli» rasm va videolari)

Birinchi «jonli» videosida uning simsiz usulda reversiv (teskari) quvvatlash funksiyasi amalda ko‘rsatilgan – smartfon Appe AirPods quloqchini g‘ilofini 10 vattlik usulda simsiz quvvatlamoqda.

Xiaomi yangi 5G-flagmanlari namoyishiga taklif etyapti: unda yana nimalarni ko‘ramiz?

5G-smartfonlar eng yangi – Android 10 operatsion tizimi bilan taqdim etiladi. Bu tizim talqini bazasidagi MIUI 11 grafik qobig‘i ham, Mi TV Pro turkumidagi 8K-televizor ham namoyish qilinishi kutilmoqda.

«Jonli» video: Eng tezkor Xiaomi Mi Charge Turbo orqali simsiz quvvatlanayotgan Mi 9S Pro 5G!

Ushbu texnologiya 30 vattlik quvvat bilan simsiz zaryadlaydi, ammo taqdimotda Xiaomi’ning ta’kidlashicha, u allaqachon 40 vattlik simsiz quvvatlash texnologiyasi ustida ham ishlayapti.

Xiaomi’ning navbatdagi flagmani TENAA’da qo‘lga tushdi: bu shunchaki 5G-smartfon emas!

TENAA ushbu devaysning asosiy xususiyatlarini oshkor etdi: ularga qaraganda, Xiaomi Mi 9S nafaqat beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlashi, balki boshqa kuchli jihatlari bilan ham maqtana oladi.

Mi Mix 4, Mi 9S va MIUI 11 taqdimot sanasini Xiaomi ma’lum qildi!

Xiaomi ayni damda o‘z fanatlari orasida lotereya o‘tkazmoqda va unga yutuq tarzida ushbu taqdimot marosimi biletlarini taqdim etadi. O‘yin g‘oliblari 5 sentyabrda ma’lum bo‘ladi.

Xiaomi Mi 9S – dunyodagi eng arzon 5G-smartfon ham taqdimotga tayyor!

Ushbu flagman Snapdragon 855 Plus protsessoriga, 45 vattlik usulda quvvatlanuvchi 4000 mA/soatlik akkumulyatorga, 2K formatli ekranga hamda kamerasida optik barqarorlashtirish tizimiga ega bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш