TeraDayjest – yakunlangan haftaning eng muhim yangiliklari! (Smartfonlar)

Aziz mushtariylarimiz uchun yangi rukn ish boshladi. Ushbu ruknda hafta davomida ulashilgan eng muhim axborotlar jamlanib taqdim qilinadi. Ro‘yxatdagi maqolani o‘qish uchun, undagi oxirgi so‘zga berilgan linkka bosishingiz kerak bo‘ladi.

Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlari global bozorga boshqa nomlar bilan chiqadi (+suratlar)

Redmi’ning «Killer» smartfonlari global bozorga chiqish-chiqmasligiga ham ko‘pchilik qiziqish bildirmoqda...

Redmi K20 va K20 Pro narxlari ma’lum, Xiaomi esa taklifnomaga boks qo‘lqopi qo‘shib tarqatyapti!

Qo‘lqopga «Redmi K20» yozuvi hamda «Whatever it takes» shiori, shuningdek, «katta iblis» tasviri tushirilgan.

Redmi K20 ilk rasmiy suratda: «katta iblis» kutilganidan boshqacharoq ekan!

Xiaomi vitse-prezidenti Lu Veybing mazkur qurilmaning ushbu rangini qanday nomlash borasida foydalanuvchilar takliflarini ham so‘ragan.

Haqiqatan «katta iblis»: Redmi K20’ning yana bir flagmancha xususiyati e’lon qilindi

Redmi K20 smartfonlarida AMOLED-ekran qo‘llanadi va unga yettinchi avlod barmoq izi skaneri integratsiya qilinadi. Uning avvalgilaridan farqlari oshkor etilmagan, ammo yanada tez va aniq ishlashi tayin.

RASMAN: Xiaomi «qotil» – Redmi K20 flagmanlari taqdimotini e’lon qildi

Redmi brendi boyagina – bugun soat o‘nda ularning namoyish etilish sanasini Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.

«Katta iblis» laqabli Redmi K20 chindanam «kushanda» ekan: AnTuTu’da u salkam 460 000 ballik rekord qo‘ydi!

Xiaomi hatto Snapdragon 855 chipining ham «siqib suvini chiqarish» yo‘lini topgan. Natijada AnTuTu servisida Redmi K20 barcha smartfonsozlarning eng kuchli flagmanlari ham erisha olmagan rekord ko‘rsatgan.

Xiaomi’ning sakkiz yildan beri ishlayotgan eng birinchi smartfonini Redmi K20 Pro’da suratga olib ko‘rsatishdi!

Top-menejer ikki yashar qizaloqning qo‘lida ilk Xiaomi smartfoni – Mi 1 modelini ko‘rib qolgan va ilhomlanib ketib, darhol kompaniyaning eng eski smartfonini eng yangi smartfonida rasmga tushirgan.

Nihoyat, Redmi flagmanlari nomini Xiaomi rasman aytdi: ular «Qotil» ekan! (+narxi)

Shu paytgacha mazkur flagman Redmi X, Redmi 855, Redmi Pro 2, Redmi Q va hatto Redmi K20 Pro deb nomlanib kelayotgandi, endi aniq bo‘ldi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш