TeraDayjest – yakunlangan haftaning eng muhim yangiliklari! (Smartfonlar)

TeraDayjest – yakunlangan haftaning eng muhim yangiliklari! (Smartfonlar)

Redmi K20 ilk rasmiy suratda: «katta iblis» kutilganidan boshqacharoq ekan!

AnTuTu’da salkam 460 000 ballik rekord qo‘ygan eng arzon flagman – Redmi K20 taqdimot kunini Xiaomi rasman aytgan. Uning shu paytgacha tarqalgan suratlari norasmiy bo‘lib, asosan insayderlarga tegishli. Endi esa Xiaomi vitse-prezidenti Lu Veybing o‘zining Weibo-akkaunti orqali mazkur flagmanning birinchi rasmiy suratini e’lon qildi.  Batafsil...

Terashop.uz’dagi eng xaridorgir 10 smartfon

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha o‘zbek tilidagi yetakchi onlayn nashrlardan bo‘lmish Terabayt.uz saytining internet-do‘koni – Terashop.uz butun O‘zbekiston bo‘ylab xaridorlarga turli tovarlar yetkazib berib kelmoqda.

Bugun mazkur onlayn do‘konda eng ko‘p buyurtma qilinayotgan smartfonlar ro‘yxatini e’tiboringizga taqdim etmoqdamiz. Ushbu ro‘yxat bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Terashop.uz’даги энг харидоргир 10 смартфон

Galaxy A70S – kamerasi 64 megapiksellik birinchi smartfon!

Janubiy koreyalik korporatsiya yaqinda ikkita 32 megapiksellik kamera moduliga ega Galaxy A70 modelini namoyish qilgandi. Endi esa uning yangicha versiyasi – Galaxy A70S smartfonini tayyorlamoqda. Batafsil...

iPhone SE 2 modeli iPhone 8 bazasida chiqadi – taqdimot vaqti va jihatlari

Apple korporatsiyasi ixcham smartfonining ikkinchi avlodi – iPhone SE 2 modelini chiqarishi haqida juda ko‘p mish-mishlar tarqalgan. Lekin ularga korporatsiyaning o‘zi biror marta ham rasman izoh bermagan.

Kuni kecha Barclays tahlilchisi Bleyn Kertis mazkur ayfon haqidagi yangi insayderlik xabarini e’lon qildi. Bunda u kupertinolik korporatsiyaning smartfonlariga butlovchi qismlar yetkazib beruvchi «bir nechta kompaniya»dagi o‘z manbalariga tayangan. Batafsil bu yerda o‘qing.

Galaxy Note 10 suratlarda: 6,66 dyuymlik ekran, to‘rttalik kamera va tugmachasiz korpus

Samsung kompaniyasi yozning oxirrog‘ida taqdim etilishi kutilayotgan Galaxy Note 10 haqida hali biror rasmiy ma’lumot bergani yo‘q. Shunga qaramasdan, turli manbalar ushbu planshetofonning turfa jihatlari haqida xabarlar berishmoqda. Hozirgi kunlarda insayderlar Galaxy Note 10 fabletining ayrim xususiyatlarini aytish bilan birga, render suratlarini ham tarqatishmoqda. Davomini o‘qish uchun shu yerga bosing.

Samsung eng antiqa dizaynli smartfonni tayyorlayapti, lekin bu Galaxy Fold yoki Galaxy Note 10 emas!

Ice Univerce niki ostida yozuvchi mashhur insayder yaqinda Twitter-akkauntida qiziq bir post bilan shov-shuv ko‘targandi. Unga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi yarmida Samsung, Huawei va Vivo kompaniyalari o‘ta original dizaynli smartfon chiqarishi kutilmoqda.

Shunga ko‘ra, ko‘pchilik foydalanuvchilar Samsung’ning eng qiziqarli smartfoni Galaxy Note 10 fableti bo‘lishini taxmin qilishgan. Ayrimlar esa baribir dizayn borasida Galaxy Fold ajralib turishini ta’kidlashgan. Davomi...

Redmi Note 7S taqdim etildi: siz bu smartfonni «taniysiz»!

Xiaomi kompaniyasi bugun Hindistonda o‘tkazilgan tadbirida Redmi Note 7S rusumli smartfonini namoyish qildi. O‘rta narxli mazkur qurilmani fevralda taqdim etilgan Redmi Note 7 modelining biroz yaxshilangan versiyasi, desak ham adashmaymiz.

Apple biryo‘la naq 11 ta yangi iPhone’ni ro‘yxatdan o‘tkazdi!

Kupertinolik korporatsiya kelasi oyning boshida WWDC 2019 konferensiyasini o‘tkazadi. Ammo uning ko‘pchilik uchun eng qiziqarli tadbiri – smartfonlar taqdimoti kuzda bo‘lib o‘tadi. 2019 yili taqdim etilishi kutilayotgan ayfonlar Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi.      

Omadingizni sinab ko‘ring!

Ayni damda 2 iyunga qadar sizda Xiaomi kompaniyasining ajoyib fitnes-brasleti - Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud. Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib ushbu video ostiga izoh yozib, yoqdi tugmasiga bossangiz kifoya. G‘olib saytimizning feysbukdagi sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi!

O‘QING: «Ayyom» aksiyasi: Terashop.uz’dan Xiaomi smartfonlarini chegirma bilan oling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!