Galaxy F buklama smartfoni taqdimot sanasini Samsung rasman, ammo antiqa tarzda e’lon qildi!
Samsung kompaniyasi qayishqoq ekranli buklanuvchi smartfonini 2018 yilning noyabr oyida ko‘rsatgan, ammo u haqda batafsil ma’lumot bermagan edi. Ammo keyinroq Terabayt.uz uning batafsil videosi, narxi va boshqa ma’lumotlarini e’lon qilgan.
O‘QING: Galaxy F buklama smartfoni tannarxini Galaxy S9+ hamda iPhone XS Max’niki bilan solishtiramiz!
Janubiy koreyalik korporatsiya ushbu inqilobiy gadjetining namoyish sanasini o‘ta antiqa tarzda e’lon qildi. U Parijning tarixiy markazida ko‘pchilikka tushunarsiz bo‘lgan koreys tilida reklama bannerlarini o‘rnatib chiqqan.
Ushbu e’lonlar koreys tilining fonematik yozuvi – Xangil imlosida yozilgan. Internet-nashrlar ularni inglizchaga «The future unfolds» hamda «February twentieth» deb o‘girishgan. Bulardan birinchisi «Kelajak yoyiladi» ma’nosida bo‘lib, Samsung buklama smartfonining reklamalardagi shiori hisoblanadi.
O‘QING: Galaxy F buklama smartfoni: uchtalik kamera, mutlaqo yangi – Sony IMX374 datchigi!
Ikkinchi yozuv esa «Fevral, yigirmanchi» ma’nosida – bu esa devaysning taqdimot sanasiga ishora qiladi.
Samsung ushbu smartfonini Galaxy Folder deb nomlashi aytilgan va u cheklangan miqdorda – bir million nusxada ishlab chiqariladi. Koreyada uning narxi 1.5 million von bo‘lib, bu taxminan 1350 AQSh dollariga teng.
Aytish kerakki, kompaniya Galaxy S10 turkumidagi flagmanlarining hamda hamyonbop Galaxy M smartfonlarining ham taqdimot sanalarini rasman e’lon qilgan.