Xiaomi va Redmi smartfonlarida endi «yashirin kamera texnologiyasi» qo‘llanadi

  •   DiMaX
  •  2467
  •  23.11.2019 11:45

Xiaomi va Redmi smartfonlarida endi «yashirin kamera texnologiyasi» qo‘llanadi

Redmi brendi bosh direktori hamda Xiaomi Group vitse-prezidenti Lu Veybing (Lu Weibing) hamisha Weibo ijtimoiy tarmog‘ida faol. Korporatsiyaning yangi mahsulotlari borasidagi xabarlarni ham u ko‘pincha ilk bora shu yerdagi muloqotlarda aytadi.

O‘QING: Ishlayotgan holdagi Redmi K30 flagmanini «jonli» ko‘ramiz!

Jumladan, kuni kecha fanatlardan biri undan, yaqin kelajakdagi Xiaomi va Redmi telefonlarida qanday yangi texnologiya bo‘lishini so‘ragan. Lu Veybing unga javoban yozishicha, kompaniya displeyning ostiga yashirilgan old kamera texnologiyasi ustida jiddiy ishlamoqda.

Aytish kerakki, kompaniya shu yil iyunning boshidayoq Mi 9 smartfonining displeyi ostiga yashirilgan old kamerani «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatgandi. Yana bir smartfonsoz – Oppo ham shu kuniyoq aynan shunday texnologiyaga ega smartfon prototipining «jonli» videosini tarqatgan. Shuningdek, Samsung ham yangi modellariga bu texnologiyani joriy etmoqchi va uni Samsung UDC (under-display camera – ekranosti kamera) deya nomlamoqda.

O‘QING: Vahimachilar uchun maxsus: yashirin kameralarni aniqlovchi «anti-josus» gadjet yaratildi! (+video)

Xiaomi selfi-kameraning bunday tarzda joylanishini negadir «hidden screen technology», ya’ni «yashirin ekran texnologiyasi» deb atamoqda. Lekin mantiqan olib qaraganda, buni «yashirin kamera texnologiyasi» deyish to‘g‘riroq bo‘lar edi.

Ayrim kuzatuvchilar mazkur texnologiyaga ega ilk smartfon Xiaomi Mi Mix 5 modeli bo‘lishini aytishmoqda. Yana kim biladi, ekranosti kamera texnologiyasini undan avvalgi – Mi Mix 4 flagmanidayoq ko‘rarmiz.

O‘QING: Yashirin kamera o‘rnatilgan: ijara kvartiralarida yoki mehmonxonalarda yashirin kamerani qanday topsa bo‘ladi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.