AnTuTu’da «Sayyoraning eng qudratli smartfoni»ni ham «yer tishlatgan» yangi qirol!

  •   DiMaX
  •  2597
  •  02.03.2020 12:54

AnTuTu’da «Sayyoraning eng qudratli smartfoni»ni ham «yer tishlatgan» yangi qirol!

Xiaomi korporatsiyasining o‘yinbop qurilmalarga ixtisoslashgan brendi Black Shark 3 geymerofonini «Sayyoramizdagi eng qudratli smartfon» deya maqtagan edi. Axir, u AnTuTu’da salkam 621 000 ball bilan misli ko‘rilmagan rekord qo‘ygan edi-da!

O‘QING: «O‘yin boshlandi» – AnTuTu’ning yangi qiroli Xiaomi Mi 10’ni tor-mor etmoqchi!

Tezkor xotirasining hajmiga ko‘ra rekordchi bo‘layotgan Black Shark 3 hali ertaga – 3 mart kuni rasman namoyish etiladi. Biroq u allaqachon samaradorlik bo‘yicha yetakchilikni qo‘ldan chiqarib ulgurdi.

ZTE korporatsiyasiga qarashli Nubia kompaniyasi o‘yinbop smartfonlarining navbatdagi avlodi – beshinchi avlod uyali aloqa standartida ham ishlay oluvchi Red Magic 5G modelini tayyorlagan. Kompaniya e’lon qilgan skrinshotga ko‘ra, AnTuTu’da u asosiy raqibi – Black Shark 3’nikidan ham oshiq natija ko‘rsatgan!

Benchmark ilovasi Nubia Red Magic 5G samaradorligini naq 633 724 ballga baholagan va bu – AnTuTu uchun rekord hisoblanadi. Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak: Xiaomi Mi 10 yaqinda drayverlari yangilanganidan so‘ng AnTuTu’da deyarli 610 000, bugun sotuvga chiqayotgan iQOO 3 5G esa 575 000 ball atrofida to‘plagan.

Yuqoridagi smartfonlarning barchasi Qualcomm kompaniyasining eng ilg‘or Snapdragon 865 protsessori bazasiga qurilgan.

O‘QING: 2020 yilning eng, eng, eng... smartfoni namoyish qilindi: «jonli» rasmlar va video!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.