Dunyodagi eng zo‘r flagmanlar reytingida ilk bor Realme g‘olib! (Antutu, 2021 yil may)

  •   DiMaX
  •  871
  •  11.06.2021 11:03

Dunyodagi eng zo‘r flagmanlar reytingida ilk bor Realme g‘olib! (Antutu, 2021 yil may)

Biz kuni kecha AnTuTu benchmarkida may oyidagi tekshiruvlar natijalari asosida tuzilgan eng qudratli flagmanlar ro‘yxatini e’lon qilgan edik. Mazkur jamoa hamyonbop smartfonlar orasida eng tezkorlarining ham reytingini chiqargan. Bulardan tashqari...

O‘QING: Turli narx toifalaridagi eng zo‘r smartfonlar – beshta reytingda! (AnTuTu, 2021 yil may)

Aytish kerakki, yuqorida sanab o‘tilgan uchta reyting ham Xitoydagi foydalanuvchilarning AnTuTu benchmarkida amalga oshirgan testlari natijalariga asoslangan edi. Mazkur servis jamoasi endi butun dunyodagi smartfonlar egalarining tekshiruvlari asosida eng kuchli flagmanlarning global reytingini ham taqdim qildi.

AnTuTu benchmarkining 2021 yilning may oyi hisobotiga ko‘ra, tarixda ilk bor Realme brendining vakili liderlikka erishdi! Eng qizig‘i – OPPO korporatsiyasining arzonchi subbrendi 4 mart kuni taqdim etgan ushbu superflagman – Realme GT hozirda eng qudratli Android-protsessor – Snapdragon 888 bazasidagi eng arzon smartfon bo‘lib turibdi!

O‘QING: AnTuTu: May oyida egasini rozi qilgan smartfonlar reytingida bulturgi flagmanlar yetakchi!

Guvohi bo‘layotganingizdek, kuchli o‘ntalikka yana quyidagi smartfonlar kirgan:

  1. iQOO 7 (821 324 ball)
  2. Asus ROG Phone 5 (814 363 ball)
  3. Asus Zenfone 8 Mini (809 625 ball)
  4. Xiaomi Mi 11 Ultra (808 799 ball)
  5. Oneplus 9 Pro (807 369 ball)
  6. Xiaomi Mi 11 (793 407 ball)
  7. Redmi K40 Pro (785 611 ball)
  8. Oneplus 9 (783 163 ball)
  9. Oppo Find X3 Pro (783 017 ball)

Mazkur reyting 2021 yilning 1-dan 31-may sanasigacha AnTuTu benchmarkida kamida ming marta test qilingan smartfonlarning o‘rta hisobdagi (eng yuqori emas) natijalari asosida tuzilgan.

O‘QING: Samsung Galaxy S smartfonlari: eng yomonidan eng yaxshisigacha

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!