EKSKLYuZIV VIDEO: mustahkamligini sinash uchun yap-yangi iPhone XR’ni tirnab, yondirib va bukib ko‘rishdi!

  •   DiMaX
  •  952
  •  29.10.2018 17:59

EKSKLYuZIV VIDEO: mustahkamligini sinash uchun yap-yangi iPhone XR’ni tirnab, yondirib va bukib ko‘rishdi!

Apple korporatsiyasi joriy yilning 12 sentyabrida iPhone XS, XS Max va iPhone Xr smartfonlarini hamda yangi Apple Watch soati taqdim etilganidan xabaringiz bor. O‘zining drop-testlari bilan tanilgan Zak Nilson bulardan birining mustahkamligini sinab ko‘rgani haqida ham yozganmiz.

O‘QING: Drop-test: Mashhur videobloger iPhone XS’ni sindirishga urinib ko‘rdi. Xo‘sh, natijasi-chi?

Sotuvga hali yaqinda chiqqan iPhone XR modeli ham JerryRigEverything kanali muallifi qo‘liga tushib qoldi. Zak Nilson bu ayfonni an’anaviy usulllari bilan sinab ko‘rdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kupertinolik texnogigantning bu yilgi eng arzon ayfoni bo‘lgan iPhone XR korpusi ham xuddi uning flagmanlari singari mustahkamlikka ega ekan. Ya’ni, uning ekrani yoxud orqa paneli tirnalishidan qo‘rqmasdan, cho‘ntakka kalit va boshqa metall buyumlar bilan birga solib yuraversa bo‘lar ekan.

Lekin uning yon qirrasi bo‘yog‘i nisbatan tezroq ko‘chadigan chiqib qoldi. Bunga esa korpus romining materiali sabab, deyishmoqda. Zero, iPhone XS hamda XS Max korpusining romi jarrohlik po‘latidan, iPhone XR romi esa alyuminiydan ishlangan.

Olovli sinovdan ham iPhone XR yaxshi o‘tib oldi: yondirgich alangasidan uning IPS-ekranida dog‘ paydo bo‘ldi, ammo tezda yo‘qolib ketdi. Shuningdek, mazkur smartfon korpusini bukishga urinib ko‘rgan videobloger bu ishning behuda ekanini e’tirof etgan – ayfon ancha mustahkam ekan.

Kuni kecha Zak Nilson boshqa bir kompaniyaning yangi flagmanini sinab ko‘rib, yuqori baholagan edi.

O‘QING: VIDEO: «qurilmalarni qiynovchi» JerryRigEverything yilning eng mustahkam smartfonini e’lon qildi

Mana, iPhone XR modelining mustahkamlik sinovini quyidagi videolavhada ko‘ramiz:

Ushbu ayfonning yagona zaif tomoni – asosiy kamerasining shishasi bo‘lib chiqdi. Unga Apple aytganidek sapfir emas, balki korpusning old va orqa panellaridagi singari oddiy himoya shishasi qoplangan ekan. Shu bois iPhone XR modeli besh ballik tizimda «4+» baho oldi, deyish mumkin.

Aytish kerakki, Terashop.uz internet-do‘konimizda hozircha iPhone XR modeli bo‘lmasa-da, u yerda boshqa rusumlardagi ayfonlarni onlayn xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Chegirmali iPhone Xs, Xs Max va boshqa ayfonlarni Terashop.uz’dan oling (2018 yil 9 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!