Meizu 16x asosiy raqibi – Mi 8 Youth bilan bir kunda maydonga tushadi!

  •   DiMaX
  •  587
  •  12.09.2018 14:39

Meizu 16x asosiy raqibi – Mi 8 Youth bilan bir kunda maydonga tushadi!

Kecha – 11 sentyabrda Meizu kompaniyasi eng kuchli smartfonining soddalashtirilgan modeli – Meizu 16x taqdimotiga ishora qiluvchi xabar chiqargan edi. O‘sha reklama tasviri markazida 16 dona mayda va orqa fonida bitta yirik X harfi, shuningdek, «See you tomorrow» yozuvi mavjud.

O‘QING: Meizu 16X: «Ertaga ko‘rishamiz!»

O‘sha xabarimizda bayon etilgan taxmin to‘g‘ri chiqdi – bugun kompaniya Meizu 16x modelini namoyish etmasdan, uning taqdimot kunini ma’lum qildi, xolos. Ma’lum bo‘lishicha, smartfonni roppa-rosa bir haftadan so‘ng – 19 sentyabr kuni ommaga rasman ko‘rsatishadi.

Shu bilan birga, ushbu gadjetning xususiyatlariga ham aniqlik kiritilgan. Qizig‘i shundaki, kompaniyaning amaldagi flagmani korpusining orqa paneli shishadan qilingan bo‘lsa, nisbatan arzon Meizu 16x metall korpusda ishlab chiqariladi.

Mahalliy bozorda Meizu 16x smartfoniga 1999 yuan, ya’ni taxminan 290 AQSh dollari miqdorida narx belgilanishi kutilmoqda. Ayni uning taqdimot sanasida mazkur kompaniyaning asosiy raqobatchisi Xiaomi ham yangi – Mi 8 Youth flagmanini namoyish etishi kutilayotir. Aftidan, bu ham bekorga emas – ikki raqib maydonga baravariga tushib, kuch sinashmoqchi, shekilli.

Darvoqe, bir necha modellardagi Meizu hamda Xiaomi smartfonlaridan xarid qilish uchun internet-do‘konimiz orqali O‘zbekistonning istalgan joyidan onlayn tarzda buyurtma berish imkoni mavjud.

O‘QING: Meizu yoki Xiaomi: qaysi biri zo‘r?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!