Telegram Desktop’ning 1.2.14 talqini: yangi imkoniyatlardan bahra oling!

  •   DiMaX
  •  1497
  •  22.03.2018 16:46

Telegram Desktop’ning 1.2.14 talqini: yangi imkoniyatlardan bahra oling!

Shu kunlarda qiyin vaziyatda qolgan bo‘lsa-da, Telegram jamoasi messenjerni takomillashtirishdan to‘xtashmayapti. Jumladan, keyingi ikki kun ichida uning kompyuterlarda ishlatish uchun taqdim etilgan Telegram Desktop ilovasi 1.2.14 talqinigacha yangilandi.

O‘QING: Telegram Desktop’ning yangilangan 1.2.10 Alfa-versiyasida qanday o‘zgarishlar bor?

Aytish kerakki, avvalroq ushbu kliyentning Alfa-talqinida chiqarilgan ko‘plab yangiliklar endi barqaror Telegram Desktop’da ham joriy etilgan. Shuningdek, undan boshqa ham bir qator qulayliklar kiritilganki, ulardan eng asosiylari quyidagilardir:

  1. Guruhlardagi xabarlarda tezkor javob tugmachasi paydo bo‘lgan. Biror guruhdagi o‘zingizdan boshqa istalgan suhbatdoshning xabari ustiga kursorni olib borishingiz bilan uning yuqori o‘ng burchagida «Javob berish» («Otvetit») yozuvi ko‘rinadi.
  2. Biror xabarga javob yozish uchun uni tanlash osonlashtirilgan: buni Ctrl+Up va Ctrl+Down tugmachalar jamlanmalari orqali amalga oshirasiz. Ya’ni, Ctrl tugmachasini qo‘yib yubormasdan turib, klaviaturadagi strelkali (kursorni yuqoriga/pastga harakatlantiruvchi) tugmachalarni bosasiz.
  3. Endi xabarga javob yozish uchun sichqonchaning o‘ng tugmachasi orqali tegishli xabarni tanlab, ochilgan menyuchadan «Otvetit»ni bosib yurishga hojat yo‘q. Shunchaki, istalgan xabarning yon tomoniga sichqoncha bilan ikki marta cherish orqali unga javob yozish imkoni bor.

O‘QING: Telegram Desktop 1.2.6 talqinigacha yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

  1. Biror stikerlar to‘plamini qidirganingizda, endi sizga nafaqat o‘zingizda o‘rnatilgan to‘plamlar, balki yangi stiker-paketlar ham topib ko‘rsatiladi.
  2. Emodzi orqali stiker izlaganingizda, endi nafaqat o‘zingizda o‘rnatilgan to‘plamlardagi, balki umuman Telegram’da ommabop bo‘lgan paketlardagi stikerlar ham taklif qilinadi.
  3. Kliyent sozlamalariga «Emodzi kiritishda ommabop stikerlarni taklif etish yoki taklif etmaslik» bandi qo‘shilgan.

O‘QING: Telegram va Skype’da bepul PROMT tarjimoni ishga tushdi!

  1. Oxirgi qo‘llangan stikerlarni ko‘rsatishda endi ularning soni 20 tagacha qisqartirilgan.
  2. Telegram’dagi ovozli qo‘ng‘iroqlar uchun mas’ul bo‘lgan libtgvoip kutubxonasi yangilangan.
  3. Mediafayllar tagso‘zlarida endi matnlarni turli formatlarda yozish imkoni taqdim etilgan.
  4. Agarda biror xabarga yozilayotgan javobda matn kiritish maydonchasi bo‘sh tursa-yu, siz Esc tugmachasini bossangiz, «Javob» bekor qilinadi. Oldinlari esa bunday vaziyatda javob yozish qoralama («Chernovik») holatida qoldirilardi, va siz chatlar ro‘yxatiga qaytar edingiz.
  5. «Bo‘sh» xabarlar yuborish bilan bog‘liq bag bartaraf etilgan.

O‘QING: Telegram’da ovozi o‘chirib qo‘yilgan chatlarni yashirish yo‘li ham topildi!

  1. Kanallardan «eslashlar» olib tashlangan: endi biror kanalda sizni nikingiz bilan «eslashsa», bu sizga «eslashlar» tarzida ko‘rsatilmasdan, balki yangi xabar tarzida ko‘rinadi.
  2. Brauzerdan suratlarni nusxalab olib joylagan holda albomlar yaratishdagi kamchilik bartaraf etilgan.
  3. Boshqa ko‘plab kichik yaxshilashlar joriy etilgan.
  4. Foydalanib ko‘rish jarayonida aniqlashimizcha, to Telegram Desktop’ni 1.2.14 talqinigacha yangilashingizdan oldingi xabarlarni tahrirlay olmaysiz, undan keyin yozganlaringiz bemalol tahrirlanadi.

Telegram Desktop messenjerini Windows/Mac/Linux kompyuterlariga yuklab olish uchun ushbu, macOS tizimli qurilmalarga o‘rnatib olish uchun esa mana bu havolalar orqali o‘tishingiz mumkin. Agarda allaqachon bu kliyentdan foydalanib kelayotgan bo‘lsangiz, shunchaki uni yangilab ko‘ring va yuqoridagi imkoniyatlaridan bahra oling!

O‘QING: Telegram’ni bloklashmoqchi, vaziyat jiddiy!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.